Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya jandarmeriyasi Milliy gvardiya xodimlarining malakasini oshirishda ishtirok etadi
O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Turkiya jandarmeriyasi harbiy xizmatchilarining professional malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalari borasida qator kelishuvlarga erishildi.
Joriy yilning 12-15 noyabr kunlari Turkiya jandarmeriyasi bosh qo‘mondoni o‘rinbosari general-polkovnik Husayn Kurto‘g‘li boshchiligidagi Turkiya jandarmeriyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi.
O‘tkazilgan muzokaralar natijasida, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Turkiya jandarmeriyasi harbiy xizmatchilarining professional malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalari borasida qator kelishuvlarga erishildi.
Tashrif dasturiga muvofiq delegatsiya a’zolarini O‘zbekiston Jamoat xavfsizligi universiteti, Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Bolalar psixologiyasi markazi, Axborot xizmati faoliyati, “Temurbeklar” harbiy akademik litseyi va Kavaleriya eskadroniga tashrifi amalga oshirildi.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025