Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiyadan Qora dengizdagi tashabbusni tortib oldi – Zelenskiy
Ukraina rahbarining ta’kidlashicha, endi Rossiya Qora dengizdan dunyoning boshqa mintaqalarini beqarorlashtirish uchun tramplin sifatida foydalanishga qodir emas.
Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinchiligi paytida Ukraina Qora dengizdagi tashabbusni Rossiyadan tortib olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi (PABSEC) sammitida ma’lum qildi.
«Biz Qora dengizdagi tashabbusni Rossiyadan tortib olishga muvaffaq bo‘ldik va tajovuzkorni akvatoriyaning sharqiy qismidan qochishga va harbiy kemalarini yashirishga majbur qildik. Biz shunday xavfsizlik sharoitlarini yaratdik. Dunyoda birinchi marta Qora dengizda dronlar floti faoliyat ko‘rsata boshladi – bu Ukraina floti», dedi Zelenskiy.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina harakatlarining asosiy natijalaridan biri – endi Rossiya Qora dengizdan dunyoning boshqa mintaqalarini beqarorlashtirish uchun tramplin sifatida foydalanishga qodir emas.
Zelenskiy, shuningdek, Ukraina Qora dengizning g‘arbiy qismini himoya qilishni ta’minlay olganini, bu esa Ukraina mahsulotlarini dengiz yo‘laklari orqali eksport qilishga imkon berganini ta’kidladi.
Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasiga (PABSEC) Ozarboyjon, Albaniya, Armaniston, Bolgariya, Gretsiya, Gruziya, Moldova, Ruminiya, Rossiya, Shimoliy Makedoniya, Serbiya, Turkiya va Ukraina kiradi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025