O‘zbekiston | 12:17 / 16.11.2023
4765
1 daqiqa o‘qiladi

YeXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili O‘zbekistonga keldi

Besh kunlik tashrif davomida O‘zbekiston hukumati, vazirlik va idoralarida ikki tomonlama uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkaziladi. 

Foto: Portugaliya Tashqi ishlar vazirligi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) ommaviy axborot vositalari erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Tereza Mariya Ribeyro O‘zbekistonga keldi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, besh kunlik tashrif davomida Tereza Mariya Ribeyro O‘zbekiston hukumati, vazirlik va idoralarida ikki tomonlama uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazadi. 

Qayd etilishicha, ularda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. 

YeXHT vakili, shuningdek, mamlakat hududlariga ham tashrif buyuradi.

Mavzuga oid