Isroil G‘azoda harbiy operatsiyaning yangi bosqichi boshlanganini e’lon qildi
G‘azo shahri g‘arbi HAMAS a’zolaridan tozalangani ta’kidlanmoqda.
Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant 16 noyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) bo‘linmalari G‘azo shahrining g‘arbiy kvartallarini egallab olganini ma’lum qildi.
«TsAHAL G‘azo shahri g‘arbini egalladi, hududni XAMAS a’zolari va vositalaridan tozaladi», deb uning so‘zlarini keltirdi The Times of Israel.
Vazirning ta’kidlashicha, harbiylar hozir quruqlikdagi operatsiyaning yangi bosqichini boshlamoqda.
Gallant, shuningdek, harbiylar G‘azo sektoridagi Ash-Shifo shifoxonasini tintuv qilish chog‘ida «muhim narsalarni» topganini aytdi, biroq ularning mohiyati nimadan iboratligiga aniqlik kiritmadi.
Isroilning shifoxonadagi xatti-harakatlari mintaqa davlatlari tomonidan tanqid qilindi va BMT tomonidan xavotir bildirildi. Biroq, AQSh Xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Jon Kirbining aytishicha, HAMAS Ash-Shifo shifoxonasidan operativ boshqaruv markazi sifatida foydalangan.
Mavzuga oid
09:17 / 24.11.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgan
17:39 / 23.11.2024
2024 yilda gumanitar yordam xodimlari o‘limi bo‘yicha rekord o‘rnatildi – BMT
10:30 / 23.11.2024
Xalqaro sud qarori: Netanyahu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?
22:51 / 22.11.2024