Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Toshkentda yangi quriladigan yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi
Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 magistral yo‘li kesishuvida yo‘l o‘tkazgich quriladi. Bu kesishma kelajakda Yangi Toshkent shahriga olib boradigan asosiy yo‘l bo‘ladi. Bu yerda 1 ta ko‘prik, 3 ta tunnel, 4 tadan aylanma va qo‘shimcha yo‘llar barpo etiladi. Bularning evaziga chorraha bironta ham svetoforsiz - “yashil chorraha” bo‘ladi.
Davlat rahbari Toshkent shahrida Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 magistral yo‘li kesishuvida quriladigan yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi.
So‘nggi yillarda bu ikki yo‘lda qatnov ortdi. Bo‘stonliq va Parkent tumanlariga borayotgan sayyohlar soni ham avvalgi yillarga qaraganda bir necha barobar ko‘paydi, hali yana oshadi. Shuningdek, bu kesishma kelajakda Yangi Toshkent shahriga olib boradigan asosiy yo‘l bo‘ladi.

Shularni inobatga olib, bu kesishmada transport bog‘lamasi qurish mo‘ljallangan. Loyihaga ko‘ra, bu yerda 1 ta ko‘prik, 3 ta tunnel, 4 tadan aylanma va qo‘shimcha yo‘llar barpo etiladi. Bularning evaziga chorraha bironta ham svetoforsiz - “yashil chorraha” bo‘ladi. Bu qulaylik natijasida haydovchi va yo‘lovchilarning vaqti hozirgiga nisbatan 20-30 daqiqaga tejaladi, harakat xavfsizligi oshadi.
Prezident “Do‘stlik - Qo‘yliq” yerusti metrosi tagida qurilayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini ham ko‘zdan kechirdi. Loyiha doirasida bu yerda 36 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, sport va bolalar maydonchalari, avtoturargohlar barpo etiladi.
Mutasaddilarga bu yerda xavfsizlik choralari va nazoratini ta’minlash, Toshkent shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025