Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Toshkentdagi mahallada obodonchilik va qishga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Habib Abdullayev nomli mahallasida bo‘ldi.
Qayd qilinishicha, mahallada 4 mingdan ziyod aholi yashaydi. Hududda 38 ta ko‘pqavatli uy va to‘rtta ijtimoiy obekt bor.
Davlat rahbari shu yerda tuman faollari, keksalar bilan suhbatlashdi. Energiyani tejash, xonadonlardagi issiqlikni asrash, har bir insonda bunga daxldorlikni shakllantirish zarurligini ta’kidladi.


- Dunyodagi iqlim o‘zgarishlari bizdan uzoqda, deb bo‘lmaydi. O‘tgan yilgi sovuq buni ko‘rsatdi. Endi iqlim o‘zgarishini inobatga olib, dunyoqarashimizni ham o‘zgartirishimiz kerak. Har bir fuqaro «bu mening uyim, mening mahallam, mening tumanim, mening Vatanim» deb yashasa, natija biz kutgandek bo‘ladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbariga qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik haqida axborot berildi.


Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida «Yangi O‘zbekiston» ko‘chasi va 4R12 magistral yo‘li kesishuvida quriladigan yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi.
Qayd qilinishicha, bu kesishma kelajakda Yangi Toshkent shahriga olib boradigan asosiy yo‘l bo‘ladi. Loyihaga ko‘ra, bu yerda 1 ta ko‘prik, 3 ta tunnel, 4 tadan aylanma va qo‘shimcha yo‘llar barpo etiladi.
Prezident «Do‘stlik - Qo‘yliq» yerusti metrosi tagida qurilayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini ham ko‘zdan kechirdi. Loyiha doirasida bu yerda 36 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, sport va bolalar maydonchalari, avtoturargohlar barpo etiladi.

Mutasaddilarga bu yerda xavfsizlik choralari va nazoratini ta’minlash, Toshkent shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Mavzuga oid
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
14:38 / 02.05.2025
O‘zbekiston yangi transport yo‘laklarini shakllantirishda YeI bilan hamkorlik qiladi
09:45 / 11.04.2025