Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Namanganda yopiq turdagi vertikal issiqxonalarni tashkil etadi
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Germaniyada bo‘ldi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, Namangan viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya 12-15 noyabr kunlari Berlin va Shtutgart shaharlarida bo‘lib, yirik nemis kompaniyalari hamda ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar natijasida hamkorlikdagi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator kelishuvlar imzolandi.
Jumladan, Germaniya poytaxtida BEL - Bio Energy-Land kompaniyasi raisi Frenk Risbek bilan kechgan uchrashuvda viloyatda yopiq turdagi vertikal issiqxonalarni tashkil etish, mahalliy tadbirkorlar bilan birgalikda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda tegishli investitsion loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Navbatdagi uchrashuvda Aleksandr fon Humboldt jamg‘armasi departamenti rahbari Katya Yang bilan Namangan viloyatidagi oliy o‘quv yurtlarini yanada rivojlantirish uchun grantlar ajratish masalasi muhokama qilindi va hamkorlik bo‘yicha tegishli memorandum imzolandi.
Albshtadt-Zigmaringen universitetida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda davomida mazkur oliy o‘quv yurti tekstil fakulteti faoliyati bilan tanishildi va Namangan tekstil instituti bilan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni yangi metodlarini joriy qilish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025