«AvtoVAZ» xorijlik hamkorlarni ommaviy yo‘qotayotganidan shikoyat qilmoqda
Sanksiyalar tufayli «AvtoVAZ» to‘lovlari Rossiyaga «do‘st bo‘lmagan» va «do‘st» mamlakatlarda bloklangan. Natijada xorijlik yetkazib beruvchilar hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda, deya shikoyat qildi kompaniya rahbari.
Sentyabr oyida Qo‘shma Shtatlar tomonidan «AvtoVAZ» avtomobil konserniga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar tufayli uning to‘lovlari Rossiyaga «do‘st bo‘lmagan» va «do‘st» davlatlar banklari tomonidan to‘sib qo‘yilgan, bu esa xorijiy sheriklarning Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlik qilishdan ommaviy ravishda bosh tortishiga olib keladi. Bu haqda 20 noyabr, dushanba kuni Federatsiya kengashidagi parlament eshituvlarida «AvtoVAZ» prezidenti Maksim Sokolov aytib o‘tdi.
Amerika sanksiyalarining oqibati «xorijiy yetkazib beruvchilar, yordamchi yetkazib beruvchilar, moliya institutlari, banklarning avtomobilsozlik sanoati bilan hamkorlik qilishdan yangi ommaviy bosh tortishi bo‘ldi. Shunday qilib, chet el banklari, eksport mahsulotlari haqida gapiradigan bo‘lsak, bizning chiquvchi to‘lovlarimizni ham, «AvtoVAZ»ga to‘lovlarni ham shunchaki bloklamoqda», - deya RBK agentligi Sokolovdan iqtibos keltiradi.
AQShning Rossiya avtomobil sanoatiga qarshi sanksiyalari
2023 yil 14 sentabrda AQSh Moliya vazirligi Rossiyaning «AvtoVAZ», «Gruppa GAZ», «Moskvich» va Sollers (asosiy brendi - UAZ) avtomobil ishlab chiqaruvchilariga nisbatan jazo choralarini joriy qildi. Xuddi shu oyda Maksim Sokolov cheklovlar uning kompaniyasi ishiga ta’sir qilmasligini aytdi. Bundan oldinroq - 2022 yil iyun oyida Rossiyaning KAMAZ shirkati Amerika sanksiyalari ostida qolgan edi.
Avvalroq «Transport Rossii - 2023» forumida Maksim Sokolov bu yil «AvtoVAZ» AQSh sanksiyalari tufayli rejalashtirilgan avtomobil ishlab chiqarishni 10 foizga – 400 ming donadan 360 ming donaga qisqartirishini aytgan edi. Biroq, cheklovlarga qaramay, konsern 2024 yilning birinchi yarmida yangi Lada e-Largus elektromobillarini ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024