Germaniya Ukrainaga 1,3 mlrd yevrolik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi
Germaniya Ukrainaga Rossiya bosqinidan o‘zini himoya qilish uchun 1,3 mlrd yevro miqdorida navbatdagi harbiy yordam ajratmoqda. Bu haqda Kiyevdagi matbuot anjumanida GFR mudofaa vaziri Boris Pistorius e’lon qildi.
Yangi yordam to‘plamidan yaqin va uzoq masofaga uchuvchi 4 ta IRIS-T tizimlari, 155 mm kalibrli 20 mingta artilleriya snaryadlari, tanklarga qarshi minalar va boshqa harbiy aslahalar o‘rin oladi. Bu haqda “RBK-Ukraina” xabar bermoqda.
“Bu – o‘tgan qishdan beri beshinchi mana shunday yordam paketi. Ishonchim komilki, bu Rossiya agresiyasiga qarshi kurashingizga qo‘l keladi”, – degan Pistorius.
Kiyev uzoq vaqtdan beri so‘rab kelayotgan uzoqmasofaga uchuvchi Taurus raketalari yetkazib berilishi ehtimoli haqidagi savolga javoban, Germaniya mudofaa vaziri unda bu borada yangi ma’lumot yo‘qligini aytdi.
Shu bilan birga, uning qayd etishicha, kelasi yili Germaniya Ukrainaga 155 mm kalibrli 140 mingta snaryad yetkazib berishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlash kerak, Germaniya Ukrainaning AQShdan keyingi ikkinchi harbiy ittifoqchisi hisoblanadi. Boris Pistoriusning Kiyevga tashrifidan bir kun oldin AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ham Ukrainaga tashrif buyurgan va Vashington Ukrainaga qo‘shimcha 100 mln dollar yordam ajratishini e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid
21:07 / 28.11.2024
Putin Ostonadagi chiqishida Zelenskiy ofisiga zarba berilishi mumkinligiga ishora qildi
18:30 / 28.11.2024
Tramp Ukraina bo‘yicha maxsus vakilini tanladi. U urushni qanday tugatishni taklif qiladi?
17:49 / 28.11.2024
Kiyevdagi qaror qabul qilish markazlari «Oreshnik»ning navbatdagi nishoni bo‘lishi mumkin - Putin
10:18 / 28.11.2024