O‘zbekiston | 07:45 / 21.11.2023
6543
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda mobil aloqa kuchaytirgichlaridan noqonuniy foydalangan do‘kon aniqlandi

Do‘kon mas’uliga ma’muriy ish hujjatlari rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudiga yuborilgan.

Foto: iStock

Joriy yilning 16 noyabr kuni "O‘zkomnazorat" Inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘limi, "EMMM" DUK hamda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda poytaxt bo‘ylab monitoring tadbirlari o‘tkazildi

Unda Shayxontohur tumani, G‘ofur G‘ulom ko‘chasida joylashgan do‘konda mobil aloqa kompaniyalari baza stansiyalarining sifatli ishlashiga xalaqit berayotgan mobil kuchaytirgich (repitor) qurilmasi aniqlangan. 

O‘zbekiston radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining "O‘zbekiston hududida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalaridan foydalanish to‘g‘risida"gi qaroriga asosan, 500 mVtgacha bo‘lgan quvvatda vosita boshqa radioelektron qurilmalarga radioxalaqit bermasligi va boshqa radioelektron vositasi aralashuvidan himoyani talab qilmaslik sharti bilan ishlatishga ruxsat etilgan. 

Yuqoridagi holatda qurilma mobil aloqa kompaniyalarining sifatli xizmat ko‘rsatishiga xalaqit bergani sababli MChJga qarashli do‘kon mas’uliga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 152-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy ish hujjatlari rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudiga yuborilgan.

Mavzuga oid