O‘zbekiston | 11:29 / 15.03.2024
2309
2 daqiqa o‘qiladi

Ko‘chma aloqa tarmoqlarini loyihalashtirishni litsenziyalash uchun boj pasaytirildi

Prezident tomonidan imzolangan yangi qonun bilan O‘zbekistonning ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi.

Hujjatda qayd etilganidek, mamlakatda yo‘ldosh aloqa tarmoqlarining rivojlanishi uchun yetarli shart-sharoitlar mavjud emasligi, bunday faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun davlat boji miqdorining yuqoriligi ushbu aloqa vositasidan mahalliy tarmoqlarda foydalanishga, shuningdek tog‘li va olis hududlarda internet hamda aloqa qamrovini yanada kengaytirishga to‘sqinlik qilmoqda.

Qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi hamda “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlarga ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqaga taalluqli litsenziyalanadigan faoliyatning mavjud kichik turlari faoliyat turi bilan to‘ldirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Respublika hududida yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatishni shunday faoliyat turlari jumlasiga kiritish mumkin.

Ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish faoliyatini amalga oshirishni litsenziyalash uchun to‘lanadigan davlat bojining miqdori BHMning 400 baravaridan BHMning 200 baravarigacha pasaytirildi.

Mavzuga oid