G‘azoda otashkesim qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi
HAMAS va Isroil 22 noyabr tunda vaqtincha o‘t ochish rejimini to‘xtatish borasida kelishuvga erishdi. Kelishuvni har ikki tomon tasdilagan.
Vaqtincha sulh kelishuviga ko‘ra, Isroil 4 kun davomida G‘azoni o‘qqa tutishni va quruqlik operatsiyasini to‘xtatadi. HAMAS 7 oktyardagi janglarda asir olgan 50 kishini qo‘yib yuboradi. Evaziga Isroil mamlakat qamoqxonalarida muddat o‘tayotgan 150 falastinlik mahbusni qo‘yib yuboradi.
HAMAS ozod qiladigan asirlar orasida Isroil va boshqa davlat fuqarolari bo‘ladi, lekin harbiylar bo‘lmaydi. Isroil tomoni HAMAS bilan asirlar almashinuvi doirasida ozod qilinishi mumkin bo‘lgan 300 kishining ro‘yxatini e’lon qildi. Ularning 13 nafari yoshi katta ayollar, qolgani yosh yigitlar va erkaklar. Isroil ozod qiladigan falastinliklarning hech biri odam o‘ldirish ayblovi bilan qamalmagan.
Otashkesim 23 noyabr, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da) boshlanib, roppa-rosa 4 kun davom etadi. HAMAS ozod qiladigan har 10 nafar asir uchun otashkesim yana bir kunga uzaytiriladi.
Mavzuga oid
09:17 / 24.11.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgan
10:30 / 23.11.2024
Xalqaro sud qarori: Netanyahu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
14:54 / 22.11.2024