O‘zbekiston | 07:43 / 22.11.2023
4726
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy kutubxona yana 24/7 rejimida ishlashga qaytishi kutilmoqda

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kechki vaqtda ham ishlashini ta’minlash uchun budjetdan qo‘shimcha mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda. Oktyabrda muassasa tun-u kun ishlash rejimini to‘xtatgandi.

Foto: Kun.uz

21 noyabr kuni Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan majlisda deputatlar 2024 yil uchun O‘zbekiston davlat budjetida kutubxonaning kechki vaqtda ishlashi uchun talab qilinadigan mablag‘ni aks ettirish masalasini ko‘tardi.

Qayd etilishicha, hujjat loyihasida yoshlarga kutubxonadan kechki vaqtda foydalanish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi xarajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish ko‘zda tutildi. 

Amaldagi tartibga ko‘ra, kutubxona 8:00 dan 21:00 ga qadar, dam olish (shanba va yakshanba) kunlari esa 9:00 dan 17:00 ga qadar kitobxonlarni qabul qiladi.

20 oktyabrdan Toshkent shahridagi Milliy kutubxona tun-u kun ishlash rejimini to‘xtatgandi. 

Ma’muriyatning ma’lum qilishicha, bunday qaror kuz-qish mavsumida elektrni tejash, tunda ishlash uchun qo‘shimcha shtatlar ajratilmagani, shuningdek, foydalanuvchilarni nazorat qilish imkoni cheklangani uchun qabul qilingan.

Muassasa takliflarga ko‘ra 2022 yilning 1 noyabridan tun-u kun ishlay boshlagandi.

Mavzuga oid