Toshkentda yangi binolarning energotarmoqqa yuklamasi bo‘yicha izoh berildi
“Oldinlari Toshkent shahrida 5 MW'dan yuqorisi yirik iste’molchilar sifatida ko‘rilgan bo‘lsa, hozir hattoki 0,5 MW yoki 200 kW ulanish bo‘lsa ham Energetika vazirligi darajasida, energiya inspeksiyani jalb qilgan holda amalga oshiriladi”, – dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 22 noyabr kuni Qonunchilik palatasidagi “Hukumat soati”da chiqish qildi.
Deputat Bobur Bekmurodov Toshkentda ko‘p qavatli uylar qurilishining oshishi energetika tarmog‘iga qanday ta’sir qilayotgani bilan qiziqdi.
“Poytaxtimizda yangi bino va inshootlar qurilishi elektr energiyasidagi eskirgan infratuzilmaga tushadigan yuklamani oshirib yuborishi mumkin. Lekin qurilish ishlari davom etmoqda. O‘zi bu qurilishlarni qilayotganda ushbu jihatlar inobatga olinyaptimi yo yo‘qmi?” dedi deputat.
Jo‘rabek Mirzamahmudovga ko‘ra, hozirda elektr tarmoqlariga ulanish bo‘yicha texnik shartlar berish tartibi o‘zgargan.
“Yangi texnik shartlarning bajarilishi yuzasidan qat’iy turibmiz. Ilgarilari yagona darcha orqali ruxsatnoma olinardi, biz prezident oldiga taklif bilan kirdik va bu narsa taqiqlandi.
Shuni aytib o‘tmoqchimanki, oldinlari Toshkent shahrida 5 MW'dan yuqorisi yirik iste’molchilar sifatida ko‘rilgan bo‘lsa, hozir hattoki 0,5 MW yoki 200 kW ulanish bo‘lsa ham Energetika vazirligi darajasida, energiya inspeksiyani jalb qilgan holda amalga oshiriladi. Shunday qilingandagina, texnik shartlar berilyapti. Ayrim holatlarda esa texnik shartlar bekor qilinib, investor yoki tadbirkor tarafidan yangi quradigan obektiga o‘zi tarmoq tortib kelish yoki alohida transformator qo‘yish shartlari qo‘yilyapti”, dedi energetika vaziri.
Mavzuga oid
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
20:44 / 06.11.2024
Toshkentda metro stansiyasida hojatini chiqargan erkak bo‘yicha ma’lumot berildi
13:06 / 06.11.2024