11 yoshli o‘g‘liga mashinasini boshqarishni topshirgan ota jazolandi
U oldin ham shunday qilmishi uchun jazolangani ta’kidlanmoqda.

Toshkent viloyatining Parkent tumanida ota 11 yoshli o‘g‘liga avtomobilini boshqarishni topshirgani uchun jazolandi. Bu haqda Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, avvalroq, parkentlik ota avtomobilini 11 yoshli o‘g‘liga ishonib topshirgani, uni boshqarayotganini tasvirga olib, «katta yigit bo‘lib qolganini» ta’kidlagani haqidagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Shundan so‘ng, ota javobgarlikka tortilgan.
Biroq, shunday bo‘lsa-da, ota yana o‘g‘liga avtomobilini ishonib topshirgan, uni yo‘lda boshqarib ketayotganini videoga olgan va «endi shtrafnoyga tushsang, mashinani o‘zing olib chiqasan, men boshqa aralashmayman» degan.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, ota ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Biroq, unga qanday jazo chorasi qo‘llangani haqida ma’lumot berilmagan.
Mavzuga oid

22:34 / 05.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi

16:59 / 05.04.2025
Parkentda sherlar qurboni bo‘lgan qorovul ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

21:33 / 04.04.2025
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

08:14 / 04.04.2025