O‘zbekiston | 11:19 / 24.11.2023
14606
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bir kunda besh marta yer qimirladi

23 noyabr kuni Surxondaryo viloyatida 4 marta va Samarqand viloyatida bir marta zilzila kuzatildi.

Foto: TASS/Sutanta Aditya

FVV Seysmoprognostik monitoring markazining xabar berishicha, 23 noyabr kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 4 marta yer qimirlagani qayd etilgan

Tumanda soat 04:28 da 3,4 magnitudali, soat 14:08 3,5 magnitudali, soat 14:36 da 3,9 magnitudali va soat 16:28 da 3,3 magnitudali zilzila qayd etilgan.

So‘nggi zilzila Samarqand viloyati Narpay tumanida soat 22:38 da qayd etildi. 

Zilzila episentri Narpay tumanida bo‘lib, magnitudasi 2,9 ni tashkil qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid