Toshkentdan Xo‘jakentga poyezdlar qatnovi qisman tiklandi
23 noyabrdan Toshkentdan Xo‘jakentga va teskari yo‘nalishda elektropoyezdlar harakati qisman tiklandi.
23 noyabrdan Toshkentdan Xo‘jakentga va teskari yo‘nalishda elektr poyezdlarining harakati qisman tiklandi.
«O‘zbekiston temiryo‘llari» xabariga ko‘ra, reyslar quyidagi vaqtlarda jo‘naydi: soat 06:40 da Xo‘jakentdan Toshkentga; soat 16:58 da Toshkentdan Xo‘jakentga.
Soat 07:10 da Toshkentdan Xo‘jakentga, shuningdek, Xo‘jakentdan Toshkentga soat 10:10 da qatnaydigan reyslar hozircha yo‘lga qo‘yilgani yo‘q.
8 noyabrdan harakat tarkibini modernizatsiya qilish maqsadida mazkur yo‘nalishda elektropoyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgandi.
Mavzuga oid

07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi

08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi

18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi

10:00 / 11.04.2025