Migrantlar endi ish joyi haqida Rossiya Ichki ishlar vazirligini xabardor qilishi shart
Rossiyada migrantlar uchun mehnat faoliyati haqida xabardor qilishning yangi tartibi joriy etildi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi migrantlar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishning yangi tartibini e’lon qildi. Endi migrantlar Ichki ishlar vazirligiga maxsus bildirishnoma yuborishi kerak bo‘ladi.
Patent olgan chet el fuqarolari Rossiya Ichki ishlar vazirligiga ishga joylashish to‘g‘risidagi bildirishnomani ikki oy ichida taqdim etishi shart. Bildirishnoma patent berilgan hududdagi Ichki ishlar vazirligi organiga beriladi.
Bildirishnoma shakli rasmiy veb-saytda joylashtirilgan. Uni yuklab olish va to‘ldirish kerak. Unda standart savollar bor: migrantning ismi-sharifi, pasport ma’lumotlari, shuningdek ish beruvchi va ish faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Bunday xabarnomani chop etib, qog‘oz shaklida topshirish yoki pochta orqali yuborish mumkin. Yoki davlat va kommunal xizmatlarning yagona portali orqali onlayn yuborsa ham bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, bu noqonuniy mehnat qilayotgan migrantlarni yanada qattiqroq nazorat qilish imkonini beradi. Endi ular mehnat shartnomasi mavjudligini tasdiqlashi va ish beruvchi haqida ma’lumot berishi shart bo‘ladi.
Ushbu talablar «Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida»gi federal qonunda aks ettirilgan. Qonun 2024 yil 7 yanvardan kuchga kiradi. Agar migrant bildirishnoma yubormasa, patent bekor qilinadi.
Mavzuga oid
17:47 / 22.11.2024
Kreml Rossiyaga migrantlar nima uchun kerakligini tushuntirdi
21:12 / 20.11.2024
Sankt-Peterburgda migrantlar uchun patent narxi 30 foizga oshadi
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024