Egelann: Isroil-Falastin o‘rtasidagi asosiy kelishuv o‘z ahamiyatini yo‘qotgan
«Oslo kelishuvi» arxitektorlaridan biri ular Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaroni hal qilishga qodir emasligini tan oldi.
1993 yilda Isroil va Falastin o‘rtasida tinch-totuv yashashni ta’minlash bo‘yicha imzolangan «Oslo kelishuvi» hozir o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, deb tan oldi kelishuvlar asoschilaridan biri, norvegiyalik diplomat Yan Egelann 27 noyabr, dushanba kuni AFP agentligiga bergan intervyusida.
Jurnalistning ushbu kelishuvlar «aslida ahamiyatsizmi» degan savoliga Egelann: «Albatta», deb javob berdi. «Oslo kelishuvi» o‘tmishda qoldi. Endi bizga yana bir kelishuv kerak va uni yaratish AQSh, Yevropa Ittifoqi va arab mamlakatlariga bog‘liq bo‘ladi», — dedi hozirda Norvegiya qochqinlar kengashi bosh kotibi lavozimini egallab turgan diplomat.
Isroil va HAMAS guruhi bir-biri bilan birgalikda yashash bo‘yicha yakkama-yakka muzokara olib bora olmaydi, deya tushuntirdi Egelann: «Ishonch nolga teng bo‘ladi». Isroil «HAMASni yo‘q qilish uchun urush olib bormoqda. HAMAS Isroilni yo‘q qilish uchun mavjud», dedi u.
Egelann fikricha, xalqaro hamjamiyat bu mojaroni hal qila olmayapti va AQSh, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Fransiya, shuningdek, arab davlatlari «juda zaif yetakchilik»ni namoyish qildi.
Diplomatik yechimga erishish uchun, Egelanna so‘zlariga ko‘ra, dastlabki yashirin muhokamalar zarur. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday «maxfiy muzokaralar»ning «katta afzalligi» ular ishtirokchilari «katta auditoriya oldida gaplashmaydi». Shuning uchun ular «yaqinda sodir bo‘lgan provokatsiyaga yoki zo‘ravonlik harakatlariga javob berishga» majbur bo‘lmaydi va «haqiqatda muzokaralar olib borishi» mumkin.
Isroil va Falastin o‘rtasidagi «Oslo kelishuvi»
«Oslo kelishuvi» 1993 yilda Norvegiyada Isroil va Yosir Arofatning Falastinni ozod qilish tashkiloti o‘rtasida imzolangan. Ushbu kelishuv tufayli Yaqin Sharqdagi mojaroni ikki davlat yaratish yo‘li bilan hal qilish imkoni yaratilgan. Isroil armiyasi G‘arbiy sohilning ayrim hududlarini tark etdi. Tashkil etilgan Falastin milliy ma’muriyati (FMM) hududning beshdan bir qismini boshqarishga va yana beshdan bir qismini qisman nazorat qilishga erishdi.
HAMAS guruhi Osloda erishilgan kelishuvni tan olmadi va Isroil hududiga hujumlarni davom ettirdi.
Mavzuga oid
09:17 / 24.11.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgan
17:39 / 23.11.2024
2024 yilda gumanitar yordam xodimlari o‘limi bo‘yicha rekord o‘rnatildi – BMT
10:30 / 23.11.2024
Xalqaro sud qarori: Netanyahu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?
22:51 / 22.11.2024