NATO bosh kotibi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash davom etishini bildirdi
Ukraina Rossiyaga jiddiy talafotlar yetkazishda davom etmoqda, dedi Yyens Stoltenberg NATO tashqi ishlar vazirlari sammiti arafasida.
NATO tashqi ishlar vazirlari sammitida alyans Ukrainani uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu haqda 27 noyabr, dushanba kuni ikki kunlik sammit oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma’lum qildi.
«Biz yana bir bor Ukrainani uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlashga ishontiramiz», - dedi Stoltenberg sammit dasturini e’lon qilib. «O‘tgan yili Ukraina Kiyev, Xarkiv va Xerson uchun janglarda g‘alaba qozondi. Bu yil Rossiyaga jiddiy yo‘qotishlar berishda davom etmoqda», - dedi NATO bosh kotibi Ukraina harbiylari hududlar yarmini ozod qilganini ta’kidlab.
«Bu Ukraina uchun katta g‘alaba. Ukraina jasorat bilan kurashni davom ettirmoqda, biz ularni qo‘llab-quvvatlaymiz», - deya qo‘shimcha qildi Stoltenberg. Uning so‘zlariga ko‘ra, sammitda Ukrainaga Shimoliy Atlantika alyansi tomon yo‘lda zarur bo‘lgan islohotlar ham muhokama qilinadi.
Stoltenberg: NATOning vazifasi - ehtimoliy muzokaralar oldidan Kiyev pozitsiyasini mustahkamlash
Urushni tugatish shartlarini Ukraina belgilashi kerak, deya yana bir bor ta’kidladi alyans bosh kotibi. NATOning maqsadi - muzokaralar uchun Ukrainani «eng yaxshi holatga keltirish», dedi u.
«Ukraina bir necha hafta ichida qulashidan, bir necha kun ichida Kiyev egallab olinishidan qo‘rqib ketganimizni eslashimiz kerak. Bu sodir bo‘lmadi», - deya javob berdi alyans bosh kotibi Ukrainaning qarshi hujumi natijalari haqidagi savolga.
«Albatta, biz imkon qadar ko‘proq hududlarni tezroq ozod qilishlarini istardik, biroq front chizig‘i o‘zgarmagan bo‘lsa-da, ukrainaliklar rossiyaliklarga katta talafot yetkaza oldi», — dedi Stoltenberg.
Stoltenberg G‘azoda sulhni uzaytirishga chaqirdi
NATO tashqi ishlar vazirlari darajasidagi sammitida Isroil va HAMAS harakati o‘rtasidagi urush ham muhokama qilinadi, dedi Stoltenberg. NATO bosh kotibi, shuningdek, G‘azo sektoridagi jangovar harakatlarni to‘xtatish va gumanitar yordam yetkazish, garovga olinganlarni ozod qilish uchun o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirishga chaqirdi.
Stoltenberg Shvetsiyaning NATOga kirishi kutilayotganini e’tiborsiz qoldirmadi. Alyans bosh kotibi Turkiya Anqaraning barcha shartlarini bajargan Stokholm arizasini «imkon qadar tezroq» ma’qullashi kerakligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
21:07 / 28.11.2024
Putin Ostonadagi chiqishida Zelenskiy ofisiga zarba berilishi mumkinligiga ishora qildi
18:30 / 28.11.2024
Tramp Ukraina bo‘yicha maxsus vakilini tanladi. U urushni qanday tugatishni taklif qiladi?
17:49 / 28.11.2024
Kiyevdagi qaror qabul qilish markazlari «Oreshnik»ning navbatdagi nishoni bo‘lishi mumkin - Putin
10:18 / 28.11.2024