Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda zaxiradagi yerni sotayotgan shaxs va unga yordam bermoqchi bo‘lgan kadastr xodimi ushlandi
Fuqaro zaxiradagi 50 sotix yerni katta pulga sotmoqchi bo‘lgan. Kadastr xodimi esa kadastr hujjatlarini qilib berishini aytib, pul olgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda fuqaro B.M. Urgut tumanidagi “Q.” MFY hududidan 50 sotix zaxiradagi yerni fuqaro Z.I.ga 97 000 dollarga sotishga kelishib, yerning hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 31 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
B.M.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Davlat kadastrlar palatasi Urgut tumani filiali bo‘limi muhandisi N.N. yuqoridagi yerning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025