O‘zbekiston | 15:09 / 28.11.2023
4308
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston TIV rahbari Yangi Zelandiyaning yangi elchisini qabul qildi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yangi Zelandiya elchisi Sara Meri Uolshni qabul qildi.

«Yangi Zelandiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Sara Uolsh xonim bilan uchrashish va uning ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. -  Samarali hamkorlik uchun innovatsion qishloq xo‘jaligidan tortib yashil energiyagacha bo‘lgan ko‘plab yangi va istiqbolli yo‘nalishlarni o‘rganish orqali mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq masofani qisqartirish yo‘llarini muhokama qildik. Elchi xonimga ikki tomonlama munosabatlarimizdagi ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz».

Sara Meri Uolsh Yangi Zelandiyaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlagan Yen Aleksandr Xill (qarorgohi Moskva shahrida) o‘rniga tayinlandi.

Foto: TIV

O‘zbekiston va Yangi Zelandiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 11 martda o‘rnatilgan. 2019 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston Yangi Zelandiya fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejimni joriy qildi. Joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida O‘zbekistonga Yangi Zelandiyadan 736 nafar sayyoh kelgan.

Mavzuga oid