Andijonda O‘zbekiston - Qirg‘iziston demarkatsiya komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Davlatlararo chegarani demarkatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi, chegaraning ayrim uchastkalarida zarur dala o‘rganishlari o‘tkazildi.
26 noyabr kuni Andijon shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi yakunlandi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, 21-26 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlatlararo chegarasini demarkatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi, chegaraning ayrim uchastkalarida zarur dala o‘rganishlari o‘tkazildi.
Uchrashuvlar do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tdi. Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi.
Muzokaralarning avvalgi raundi 13-19 avgust kunlari Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Uning davomida demarkatsiya ishlarini olib borish uchun maxsus (umumiy) geodeziya tarmog‘ini yaratish bo‘yicha ham tayyorgarlik ishlari olib borilgan edi.
Mavzuga oid
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
17:30 / 14.11.2024