Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat kadastrlar palatasi Olmaliq shahar filiali bosh muhandisi ushlandi
U yer uchastkasini 3 qismga bo‘lib berish hamda har bir yer uchastkasiga alohida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 4 000 dollar miqdoridagi pulni pora sifatida talab qilgan.
Olmaliqda Davlat kadastrlar palatasi shahar filiali bosh muhandisi qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro S.J. Toshkent viloyati IIB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir jarayonida Davlat kadastrlar palatasi Olmaliq shahar filiali bosh muhandisi A.I. Olmaliq shahrining Xonobod ko‘chasida joylashgan 0,28 gektardan iborat yer uchastkasini 3 qismga bo‘lib berish hamda har bir yer uchastkasiga alohida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 4 000 AQSh dollari miqdoridagi pulni pora sifatida talab qilib, oldindan 1 800 AQSh dollarini olib, keyinchalik qolgan 2 200 AQSh dollarini ariza muallifidan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
21:24 / 19.02.2025
Toshkent viloyatidagi qamoqxonalarda saqlanayotgan 2 nafar mahkum vafot etdi
17:28 / 18.02.2025
Olmaliqdagi koloniyada 21 yoshli mahkum vafot etdi
17:27 / 12.02.2025