Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV rahbari YeI va 14 ta Yevropa davlati diplomatik missiyasi rahbarlarini qabul qildi
Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Turkiya, Vengriya, Shveytsariya va Chexiya diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qatnashdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatda akkreditatsiya qilingan Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari diplomatik missiyalari rahbarlarini qabul qildi.
«Yevropa Ittifoqi, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Turkiya, Vengriya, Shveytsariya va Chexiyaning mamlakatimizdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishdan mamnunmiz», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, yuqori darajadagi tashriflarni faollashtirish, mamlakatlar va mintaqalar o‘rtasida hamkorlik uchun ulkan, ammo foydalanilmagan salohiyatni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, bo‘lajak muloqotlar jadvali yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
11:30 / 26.05.2025
Samarqand Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025
YeI Rossiyaga qarshi to‘rtta rejim doirasida sanksiyalar kiritdi
08:27 / 21.05.2025