Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin «jonli muloqot» va katta matbuot anjumani o‘tkazadi
Rossiya prezidenti TV orqali yil yakunlarini sarhisob qiladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14 dekabr kuni jonli efirda rossiyaliklar savollariga javob beradi, shuningdek, OAV uchun katta matbuot anjumani o‘tkazadi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
«14 dekabr kuni Vladimir Putin yil yakunlarini sarhisob qiladi. Bu TV dastur ko‘rinishida bo‘ladi va jonli efirdagi muloqot bilan yakuniy matbuot anjumanining birlashgan formati shaklida o‘tkaziladi», dedi Peskov.
Dastur «Vladimir Putin bilan yil yakunlari» deb nomlanadi va uning tahririyati Umumrossiya xalq fronti (UXF) bosh qarorgohida joylashadi.
«Ma’lumki, «jonli muloqot» aniq vaqt bilan chegaralanmagan. Bu o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan juda uzoq va mazmunli tadbir», dedi Kreml vakili jurnalistlarning tadbir davomiyligi haqidagi savoliga javob berar ekan.
Peskov so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklardan savollar 1 dekabrdan qabul qilinadi. Bu yil buni UXF xodimlari amalga oshiradi. Tadbirda rossiyalik jurnalistlar, shuningdek, «akkreditatsiyadan o‘tgan va Moskvada faoliyatini davom ettirayotgan» xorijiy nashr xodimlari ishtirok etadi», deb qo‘shimcha qildi Kreml vakili.
2022 yilda Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotlari fonida Putinning «jonli muloqoti» va katta matbuot anjumani o‘tkazilmadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025