Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:37 / 30.11.2023
14208
5 daqiqa o‘qiladi
Ukrainlar mashg‘ulotiga kelgan shved malikasi va Kupyansk atrofidagi pozitsiyalar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 644-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- RF mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shini Baxmut yaqinidagi Artemovskni (rossiyalik harbiylar Xromovoni shunday ataydi) egallagani haqida xabar berdi. 24 noyabr kuni Yutub laqabli ukrainalik harbiylardan biri Baxmut yo‘nalishidagi vaziyatni tasvirlarkan, ukrain kuchlari Xromovoni nazorat qilmayotgani haqida gapirgandi.
- Ukraina armiyasi ilk Leopard 1A5 tankidan ayrildi.
- Ukrainada general-mayor Vladimir Zavadskiy halok bo‘ldi. Bu RF qo‘shinlarining keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon yo‘qotgan yettinchi generalidir. RF mudofaa vazirligi hozircha Zavadskiyning o‘limini tasdiqlamadi.
- Putin AQShdagi prezidentlik saylovlari yakuniga qadar harbiy harakatlarni to‘xtatmoqchi emas, deb hisoblamoqda Davlat departamentidagilar.
- The Economist manbasi Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasidagi munosabatlarni «qo‘rqinchli» deb atadi. Ukraina prezidenti ofisidagilar bo‘linishni rad etmoqda.
- Anneksiya qilingan Donetsk ma’muriyati saytida Adam Qodirovga shaharning faxriy fuqarosi maqomi berilgani to‘g‘risida xabar joylashtirildi. Mer Aleksey Kulemzin sayt buzib kirilganini aytdi.
- Ukraina sudi Qrimdan Federatsiya Kengashiga a’zo bo‘lgan Olga Kovitidini sirtdan 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.
Shved qirollik oilasi a’zolari ukrain askarlari mashg‘ulotida



Zaporijjya oblastidagi jangda halok bo‘lgan ukrainalik sobiq siyosiy mahbusning dafn marosimi




Ukraina QKning Kupyansk yaqinidagi pozitsiyalari





Melitopol aholisi vakili Rossiya sudida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025