Donbass o‘qlar yomg‘iri ostida - shaharlarda vayrongarchilik va yong‘inlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 645-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Bloomberg: Volodimir Zelenskiy iyundan buyon harbiy chaqiriq yoshini kamaytirish to‘g‘risidagi qonunga imzo chekmay kelmoqda. U harbiylar chaqiruv orqali nimaga erishishni ko‘zlagani, yangi chaqirilganlar qanday taqsimlanishi va frontda 21 oy o‘tkazganlar uchun rotatsiya qanday tashkil etilishi bo‘yicha «yanada aniqroq reja» taqdim etilishini istamoqda.
- Ukraina delegatsiyasi YeXHT yig‘ilishi vaqtida zalni tark etdi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov o‘z nutqini to‘xtatgan va ingliz tilida shunday degan: «Meni tinch qo‘ying, iltimos».
- Rossiyalik harbiylar Ukrainaga dronlar va S-300 kompleksidan uchirilgan raketalar bilan hujum uyushtirdi. Donetsk oblastida hujum oqibatida o‘n kishi yaralanib, ikki kishi vafot etgan.
- Ukraina nashrlari Buryatiyadagi temiryo‘lda Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan uyushtirilgan portlash ro‘y bergani haqida yozdi. Yuk poyezdi vagonida yong‘in chiqqani haqidagi ma’lumot Sharqiy-Sibir transport prokuraturasi tomonidan tasdiqlangan.
- Zelenskiy Ukraina Donbassning okkupatsiya ostidagi qismi aholisini «ruhan qaytarish», anneksiya qilingan Qrimdagidan ko‘ra og‘ir bo‘lishini tan oldi va buni Donbassda o‘n yildan buyon harbiy harakatlar ketayotgani bilan izohladi.
- Rostov oblastidagi poligonda o‘q-dori tasodifan portlab ketishi oqibatida Primore o‘lkasidan bo‘lgan 12 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.
- Rossiyada «Oltin grammofon» mukofotini topshirish marosimi vaqtida sahnaga Ukrainadagi urush ishtirokchilari chaqirildi. Ularga Leopard tanki yo‘q qilingani uchun million rubllik sertifikatlar topshirilgan.
Donetsk oblastining Pokrovsk rayoni o‘qqa tutilishi
30 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Pokrovsk rayoniga oltita raketa bilan hujum uyushtirdi, deb xabar berdi Ukraina IIV rahbari Igor Klimenko. Snaryadlardan biri ikki bolali oila yashovchi uy hovlisiga kelib tushgan. Zarba natijasida mahalliy aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘lib, 10 kishi yaralangan (ulardan to‘rt nafari bolalar). Klimenkoning posti e’lon qilingan mahalda yana besh kishi xarobalar ostida qolayotgandi.
Chasiv Yardagi vaziyat
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
Ukrain harbiylari 30 noyabr kuni Donetskka 30 ta raketa bilan hujum uyushtirdi, deb ma’lum qilgan anneksiya qilingan DXR ma’muriyati, jabrlanganlar haqida xabar berilmagan. UQK zarba yuzasidan izoh bermagan.
Mavzuga oid
21:07 / 28.11.2024
Putin Ostonadagi chiqishida Zelenskiy ofisiga zarba berilishi mumkinligiga ishora qildi
18:30 / 28.11.2024
Tramp Ukraina bo‘yicha maxsus vakilini tanladi. U urushni qanday tugatishni taklif qiladi?
17:49 / 28.11.2024
Kiyevdagi qaror qabul qilish markazlari «Oreshnik»ning navbatdagi nishoni bo‘lishi mumkin - Putin
10:18 / 28.11.2024