HAMAS urush tugamaguncha Isroil bilan mahbus almashtirmasligini e’lon qildi
«Endi biz murosaga bormaymiz», dedi HAMAS vakili.
HAMAS harakatining siyosiy byurosi rahbari o‘rinbosari Solih al-Aruriy harbiy mojaro tugamaguncha Isroil bilan yangi mahbuslar almashinuvi bo‘lmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlarini Al-Jazeera keltirdi.
«Hozir hech qanday muzokara olib borilmayapti. O‘t ochish to‘xtatilmaguncha va barcha falastinlik mahbuslar ozod etilmaguncha, garovga olingan isroilliklar ham qo‘yib yuborilmaydi. Ular bizda ayollar va bolalar borligini ta’kidlamoqda, ammo biz ularni ozod qilganmiz», dedi u.
Uning ta’kidlashicha, HAMAS Isroil askarlari va ilgari Isroil armiyasida xizmat qilgan fuqarolarni hamon garovda ushlab turibdi.
«Urush davom etaveradi. Bu qaror yakuniy hisoblanadi. Biz murosaga bormaymiz», dedi Aruriy.
Avvalroq, Isroil razvedkasi «Mossad» rahbari bosh vazir Binyamin Netanyahu buyrug‘i bilan Qatardan muzokarachilarni chaqirib olgani, chunki HAMAS harakati bilan sulh to‘g‘risidagi muzokaralar «boshi berk ko‘chaga kirib qolgani» ma’lum bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
09:17 / 24.11.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgan
17:39 / 23.11.2024
2024 yilda gumanitar yordam xodimlari o‘limi bo‘yicha rekord o‘rnatildi – BMT
10:30 / 23.11.2024
Xalqaro sud qarori: Netanyahu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?
22:51 / 22.11.2024