Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltin narxi rekord darajada qimmatlashdi
Oltin narxi bir troya unsiyasi uchun 2135 dollargacha qimmatlashdi. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Qimmatbaho metall narxlarining oshishiga Yaqin Sharqdagi qurolli mojaro hamda Federal zaxira tizimining stavkani pasaytirish bo‘yicha kutilmalari sabab bo‘lgan.
Bugun, 4 dekabr kuni birja savdolarida oltin narxi bir troya unsiyasi uchun 2135,39 dollargacha qimmatlashdi. Bu tarixiy rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Qimmatbaho metall narxlarining keskin darajada oshishiga sabab sifatida Yaqin Sharqdagi qurolli mojaro hamda Federal zaxira tizimining stavkani pasaytirish bo‘yicha kutilmalar keltirib o‘tilgan.
O‘zbekiston oltin savdosi bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri sanaladi. Tabiiyki, qulay narxlar asosiy eksport tovari hisoblangan oltin eksportini yanada rag‘batlantiradi.
2023 yilning 10 oyida O‘zbekiston 6,87 mlrd dollar qiymatidagi oltin sotdi. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanib, o‘tgan yilga nisbatan 2,3 barobarga ko‘p. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2022 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2021 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2020 yilda 5,8 mlrd dollarlik, 2019 yilda esa 4,9 mlrd dollarlik oltin sotgan.
Mavzuga oid
12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi
00:12 / 26.05.2025
Yer qa’rida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
22:41 / 24.05.2025
O‘zbekistonning likvid zaxiralari joriy yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, keyin kamayib boradi - S&P
21:04 / 22.05.2025