Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qqa tutilgan Xerson va Donetsk hamda Avdiyivkadagi artilleriyachilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 648-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ijtimoiy tarmoqda rossiyalik askarlar Ukraina qurolli kuchlarining asir tushgan ikki harbiysini otib tashlagani aks etgan video tarqaldi. Ukraina prokuraturasi tekshiruv boshlagan.
- Rossiya qo‘shini Xerson markazini o‘qqa tutdi, ikki kishi halok bo‘lgan, yetti kishi yaralangan.
- «Zalujniy to‘g‘risini gapirdi». Kiyev meri Vitaliy Klichko urush «boshi berk ko‘chaga kirib qolgani»ni aytgan bosh qo‘mondonni qo‘llashini bildirdi.
- Rossiya Ukraina bo‘ylab 12 ta dron bilan zarbalar yo‘lladi. Ukraina QK ulardan to‘qqiztasi urib tushirilganini ma’lum qildi.
- Ulyanovskda politsiya «Vernite muja! Ya Za#balas» yozuvi uchun safarbar qilingan harbiyning uyiga keldi.
Kiyevda Ukrainaning halok bo‘lgan himoyachilari xotira devori
Avdiyivka ostonasidagi ukrain artilleriyachilari
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Xerson o‘qqa tutilishi oqibatlari
3 dekabr kuni Rossiya qo‘shini Xerson shahri markazini o‘qqa tutdi. Bir kishi halok bo‘lib, sakkiz kishi yaralangan.
RF armiyasi Dnipro sohilining okkupatsiya ostidagi qismidan turib shaharning markaziy hududiga zarba yo‘llagan, deya aniqlik kiritdi Xerson shahri ma’muriyati rahbari Roman Mrochko. Oblast ma’muriyati rahbari Oleksandr Prokudinga ko‘ra, rossiyalik harbiylar ikki shifoxonani ham o‘qqa tutgan — binolar shikastlangan, ammo qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
RIA Novosti xabariga ko‘ra, 3 dekabr kuni Ukraina qurolli kuchlari anneksiya ostidagi Donetsk shahrini o‘qqa tutib, Lenin rayonidagi binoni shikastlagan — bu yerda go‘zallik saloni joylashgandi. Tinya aholi vakillaridan olti kishi yaralangan, jumladan bir bola ham.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025