Navbat Xorazmga: qurol, giyohvandlik va psixotrop moddalar topildi, 3 kishi qamoqqa olindi
Xorazm viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar o‘tkazgan tezkor-profilaktik tadbirlarda tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 12 nafar shaxs ushlangan.
Xorazm viloyatida ham ichki ishlar organlari tomonidan DXX viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tadbirlar davomida viloyat hududida turli jinoyatlarga aloqador fuqarolar aniqlanib, gumondorlarning yashash uylarida tintuvlar o‘tkazilgan. Jarayonda 4 kg 800 grammdan ortiq og‘irlikdagi giyohvandlik moddalari, 97 dona psixotrop moddalar, 1 ta pnevmatik qurol, 2 ta sovuq qurol (bita va kastet) ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
“Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi, 276-moddasi 2-qismi, 277-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 3 nafar shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi IIB xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, tezkor-profilaktik tadbir davomida tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 12 nafar shaxs ushlangan.
Oldinroq Namanganda tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 35 nafar shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
16:48 / 17.11.2024
Italiyalik tadbirkor o‘g‘irlab ketilishini uyushtirgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
22:22 / 16.11.2024
Xitoyda imtihondan o‘ta olmagan talaba ommaviy qirg‘in uyushtirdi
17:25 / 11.11.2024
Qozog‘istonda xotinkush Bishimbayev koloniyadan qochib ketgani rad etildi
17:11 / 24.10.2024