Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olti nafar bola Qatar ko‘magida Rossiyadan Ukrainaga qaytadi
8 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bir guruh bolalar Qatar vositachiligida Minsk orqali Ukrainaga yetkaziladi, deya xabar berdi Doha. Moskva olti nafar bolaning Ukrainaga qaytishini tasdiqladi.
Qatar rasmiylari bolalarni Rossiyadan Ukrainaga qaytarishga yordam berganini ma’lum qildi. 5 dekabr, seshanba kuni Qatar xalqaro hamkorlik bo‘yicha davlat vaziri Lolva al-Xater Doha vositachiligida «yana olti nafar ukrainalik bolaning bayram arafasida oilasi bilan birlashishi mumkin bo‘ldi», dedi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap 8 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar haqida boryapti. Ular dastlab Qatarning Moskvadagi elchixonasiga olib ketilgan va u yerdan Belarus orqali Kiyevga yo‘l oladi. Bolalarni Ukraina chegarasigacha qatarlik diplomatlar kuzatib boradi, so‘ngra ular Ukraina tomoniga topshiriladi. Bu Doha vositachiligida Rossiyadan Ukrainaga qaytgan voyaga yetmaganlarning ikkinchi guruhi bo‘lib, birinchi guruh oktyabr oyida olib chiqilgan.
Olti nafar ukrainalik bolaning Qatar va Xalqaro Qizil Xoch ko‘magida Ukrainadagi qarindoshlariga topshirilganini RBK’ga bergan intervyusida Rossiyaning Bolalar huquqlari bo‘yicha vakili Mariya Lvova-Belova tasdiqladi.
Ukraina 20 ming bola noqonuniy ravishda deportatsiya qilinganini bildirgan
Oliy rada vakili Dmitriy Lubinetsning so‘zlariga ko‘ra, urush paytida Ukrainadan Rossiyaga 20 mingga yaqin bolalar deportatsiya qilingani aniqlangan. Belarus hukumati ukrainalik bolalarni Rossiyaga deportatsiya qilishga aloqador. Belarus prezidenti Lukashenkoning topshirig‘iga ko‘ra, bolalar Rossiya orqali Belarusga, go‘yoki «salomatligini yaxshilash» uchun olib ketilmoqda.
Ukraina hududlaridan bolalar Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilingani uchun Haagadagi Xalqaro jinoiy sud bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order berdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025