Xerson o‘qqa tutilishi va Avdiyivka atrofida davom etayotgan janglar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 650-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina nashrlariga ko‘ra, mamlakat qurolli kuchlari Qrimdagi neft baza va vertolyotlar turargohi bo‘ylab zarbalar yo‘lladi. Dronlar nishonlarga yetib borgani, oqibatlar esa rossiyaliklar uchun «sezilarli darajada» ekani tasdiqlangan. Rossiya tomoni dronlarni urib tushirishga muvaffaq bo‘lingani, shikastlanish holatlari va jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘qligini bildirgan.
- Xerson o‘qqa tutilishi oqibatida tinch aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘ldi. Ulardan biri — ko‘ngilli.
- Rossiya urush boshlanganidan keyin Ukrainadan olib ketilgan bolalarning olti nafarini qaytardi, deb yozgan The Washington Post.
- Finlandiya bojxona xizmati ikkita mahalliy kompaniya Rossiyaga sanksiya ostidagi tovarlar, jumladan millionlar yevro miqdoridagi dronlarni yetkazib berishda gumonlamoqda.
- RF qo‘shinlari Xarkiv, Lviv va Ukrainaning boshqa oblastlariga uchuvchisiz uchar qurilmalar hamda raketalar bilan hujum qildi. Ukraina qurolli kuchlari 17 drondan 10 tasi urib tushirilganini ma’lum qilgan.
- Time jurnali Putinni «2023 yil odami» bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatiga kiritdi. O‘tgan yili bu maqomni Zelenskiy qo‘lga kiritgandi.
- Rossiya hukumati Ukrainadagi urushda general-mayor Vladimir Zavadskiy halok bo‘lganini tasdiqladi. «Vajniye istoriya»ning xabariga ko‘ra, bu Rossiyaning Ukrainadagi bosqini boshlanganidan buyon RF QK yuqori lavozimli ofitserlari o‘limi haqidagi o‘n ikkinchi xabardir.
Kun kadri. Xersonda rossiyaliklar snaryadi hosil qilgan o‘ra
Rossiya qo‘shini 5 dekabr kuni Xerson bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Hujum oqibatida tinch aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘lgan, ulardan biri — «Spravjnі» tashkiloti ko‘ngillisi Ruslan Anisenko. Besh kishi yaralangan. Xerson oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleksandr Prokudin shahar o‘qqa tutilishi va Anisenkoning o‘limi haqidagi xabarida shu kuni Ukrainada Xalqaro ko‘ngillilar kuni o‘tkazilayotgan bo‘lganini qayd etgan.
Ukrain harbiylarining Vuhledar yaqinidagi pozitsiyalari
Vuhledar okkupatsiya ostidagi Donetskdan 50 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan. Shahar uchun janglar 2022 yil fevralidan buyon olib borilmoqda, u hamon Ukraina qurolli kuchlari nazoratida qolmoqda. Noyabr oyi boshida Rossiya qo‘shini Vuhledar yo‘nalishida yana bir bor qarshi hujum uyushtirishga harakat qildi. Volodimir Zelenskiy Ukraina QK bu hujumni qaytarganini aytgan: RF armiyasi «og‘ir yo‘qotishlar»ga uchragan, ammo shahar o‘qqa tutilishi davom etmoqda.
Avdiyivka yaqinidagi ukrain tankchilari
RF qurolli kuchlarining qishki qarshi hujumdagi asosiy zarbasi hamon Donetsk chekkasidagi Avdiyivkaga berilmoqda. Ukraina qurolli kuchlari bu shaharga boshqa yo‘nalishlardan qo‘shimcha kuchlar olib kelishda va qo‘shni uchastkalarda lokal hujumlar bilan Rossiya kuchlarini chalg‘itishga urinishda davom etmoqda. Kuchlarning bir qismini Avdiyivka hududiga jalb etish ukrainlarning Baxmut yaqinidagi frontiga salbiy ta’sir ko‘rsatishni boshlagan, bu esa RF qurolli kuchlariga ushbu hududda may oyi boshidan buyon ilk bor qarshi hujum uyushtirish imkonini bergan.
Ukrainalik yarador bola maktab darsida
Mavzuga oid
21:07 / 28.11.2024
Putin Ostonadagi chiqishida Zelenskiy ofisiga zarba berilishi mumkinligiga ishora qildi
18:30 / 28.11.2024
Tramp Ukraina bo‘yicha maxsus vakilini tanladi. U urushni qanday tugatishni taklif qiladi?
17:49 / 28.11.2024
Kiyevdagi qaror qabul qilish markazlari «Oreshnik»ning navbatdagi nishoni bo‘lishi mumkin - Putin
10:18 / 28.11.2024