Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada sakkizinchi sinf o‘quvchisi maktabda otishma uyushtirdi
Maktab o‘quvchisi gimnaziyaga otasiga tegishli qurol olib kelgan. Otishma natijasida qurbonlar bor.
Rossiyaning Bryansk shahrida 7 dekabr, payshanba kuni 8-sinf o‘quvchisi 5-sonli gimnaziyada o‘t ochdi. Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteynning xabar berishicha, 14 yoshli qiz otasining «Bekas-3» ov miltig‘ini maktabga yashirincha olib kelgan. Deputatning so‘zlariga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilgan qizdan tashqari uning sinfdoshi ham olgan jarohatlaridan vafot etgan, jami to‘rt kishi jarohat olgan.
Baza Telegram-kanali o‘quvchi biologiya darsi vaqtida o‘t ochganini yozdi. U gimnaziyaning to‘rtinchi qavatiga ko‘tarilib, xonaga kirgan va o‘q uzishni boshlagan. Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, qiz ov miltig‘idan o‘q uzgan.
Bryanskdagi maktabda yuz bergan otishma natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi yaralandi, deb xabar berdi Rossiya Tergov qo‘mitasi. «Tergovning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 14 yoshli qiz maktabga miltiq olib kelgan va undan sinfdoshlariga qarata o‘q uzgan. Hodisa natijasida ikki kishi halok bo‘lgan (ulardan biri otishma uyushtirgan qiz), besh kishi tan jarohati olgan, ular tibbiy muassasaga yetkazildi», — deyiladi xabarda.
Sog‘liqni saqlash vaziri yordamchisi Aleksey Kuznetsovning RBK’ga ma’lum qilishicha, jabrlanganlarning barchasi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan birining ahvoli og‘ir, qolganlarining ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholangan.
Mavzuga oid
20:12 / 22.05.2025
MRB shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
19:05 / 05.05.2025
Dog‘istondagi otishmada uch politsiyachi halok bo‘ldi
23:41 / 17.04.2025