O‘zbekiston | 23:50 / 07.12.2023
28995
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda jinoyat sodir etgan yana bir necha shaxs ushlandi

Ular guruh bo‘lib bezorilik qilganlikda gumonlanmoqda.

Poytaxtda o‘tkazilayotgan «Dolzarb qirq kunlik» tezkor-profilaktik tadbirlar chog‘ida jinoyat sodir etganlikda gumonlanib, bir necha shaxs qo‘lga olindi.

Toshkent shahar IIBB bergan ma’lumotga ko‘ra, ular quyidagilar:

1. O‘rinov Umidjon Baxtiyor o‘g‘li (1993 yilda tug‘ilgan, Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);

2. Begmatov Asadullo Xolmat o‘g‘li (1995 yilda tug‘ilgan, Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik).

3. Sobirjonov Xasan Abdusamatovich (1987 yilda tug‘ilgan, Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismi, bezorilik);

4. Sobirjonov Xusan Abdusamatovich (1987 yilda tug‘ilgan, Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismi, bezorilik).

5. Djalilov Xasan Nazarovich (1990 yilda tug‘ilgan, Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik).

Gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid