Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Rossiyani siyosatchilar, jurnalistlar va olimlarning elektron pochtalarini buzganlikda aybladi
Hakerlik hujumlari Rossiya maxfiy xizmatiga aloqador Star Blizzard guruhi tomonidan 2015 yildan beri amalga oshirilgani ta’kidlanmoqda.
Buyuk Britaniya Rossiya Federal xavfsizlik xizmatini (FXX) siyosatchilar va rasmiy shaxslarga qaratilgan doimiy kiberhujumlarda aybladi. Bu haqda Bloomberg yozdi.
Qayd qilinishicha, Rossiya razvedkasi britaniyalik siyosatchilar, hukumat amaldorlari va tahliliy markazlarda ishlaydiganlar, shuningdek, jurnalistlar va olimlarga qarshi uyushtirilgan yuzlab maqsadli hakerlik hujumlariga aloqador.
Buyuk Britaniyaning Yevropa ishlari bo‘yicha kotibi Leo Doerti so‘zlariga ko‘ra, «ular Britaniya siyosatiga aralashish uchun yuqori darajadagi shaxslar va tashkilotlarning ma’lumotlarini o‘g‘irlagan».
Bu harakatlar asosan shaxsiy elektron pochtalarni buzish va soxta akkauntlar yaratishdan iborat bo‘lgan. Jabrlanganlar orasida Britaniya parlamenti deputati ham bor. Bundan tashqari, hakerlar guruhi 2019 yilgi parlament saylovlariga oid materiallarni o‘g‘irlagan.
Rossiya maxfiy xizmatiga aloqador Star Blizzard guruhi kamida 2015 yildan beri hakerlik bilan shug‘ullangan. Gap Rossiyaning Aloqa bo‘yicha elektron razvedka markazi (71330-sonli harbiy qism) haqida borayotgani ta’kidlanmoqda.
Ushbu ayblovlar tufayli Britaniya tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Londondagi elchisini chaqirtirdi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya Star Blizzard bilan aloqador ikki rossiyalik - razvedka ofitseri Ruslan Peretyatko va Aleksey Dogujiyev nomi bilan tanilgan Andrey Korinetsga qarshi sanksiyalar kiritdi.
Rossiyaning Londondagi elchixonasi ushbu ayblovlarga javoban «aniq dalillar keltirilmagani sababli, bu mish-mishlarga ishonish uchun zarracha sabab yo‘qligini» ma’lum qildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
23:08 / 27.05.2025