Raqobat qo‘mitasi Yandex Go'ning bozordagi ustun mavqeyini tan oldi
Aniqlanishicha, O‘zbekistonda taksi agregatorlari va dispetcherlik xizmatlari bozori yuqori darajada konsentratsiyalashgan bo‘lib, bu bozorning 86,3 foiz ulushi birgina Yandex Go hissasiga to‘g‘ri keladi. Monopoliyaga qarshi organ endilikda bu kompaniyaning o‘z ustun mavqeyini suiiste’mol qilmasligini nazorat qilib borishi kerak.
Raqobat qo‘mitasi yo‘lovchi tashish uchun buyurtma joylashtirish va taksi xizmatlarini ko‘rsatishga imkon beruvchi vositachilik (agregator) xizmatlari bozoridagi raqobat muhitini o‘rganish natijalarini e’lon qildi.
Qo‘mitaga ko‘ra, o‘rganishlar 2023 yilning ikkinchi choragida (ya’ni 2022 yil natijalari bo‘yicha barcha yakuniy hisobotlar shakllangandan so‘ng) boshlangan bo‘lib, quyidagi omillar: bozorning o‘ziga xos xususiyatlari, respublikaning har bir hududida ushbu bozorning rivojlanishi turli darajada ekani va alohida jihatlari borligi, shuningdek, “Raqobat to‘g‘risida”gi yangi qonunda ustun mavqeni aniqlash mezonlari o‘zgargani tahlilning borishiga ma’lum darajada ta’sir qilgan.
O‘rganish davomida, yo‘lovchi tashish (taksi) uchun buyurtma joylashtirish va taksi xizmatlarini ko‘rsatishga imkon beruvchi vositachilik (agregator) xizmatlari bozoriga quyidagilar qamrab olingan:
- veb-sayt yoki mobil ilova yordamida buyurtma berish va haydovchini topish imkonini beruvchi agregator xizmatlari;
- agregator xizmatlarining o‘rnini ma’lum daraja bosuvchi telefon orqali dispetcherlik xizmatlari.
Tahlil jarayonida O‘zbekiston bo‘yicha jami 66 ta faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yekt, shundan 58 tasi dispetcherlik xizmati va 8 tasi mobil ilova orqali agregator xizmatini ko‘rsatayotgani ma’lum bo‘lgan.
Aniqlanishicha, bozor ulushlari va ko‘rsatilgan xizmatlari yuzasidan faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar ichida eng katta bozor ulushi, ya’ni 86,3 foizi Yandex Go platformasi hissasiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, bozorning konsentratsiyasi yuzasidan o‘tkazilgan tahlillarda aniqlanishicha, mazkur xizmat bozorida sanoqli ishtirokchilar jami xizmatning asosiy qismini ko‘rsatyapti va bu bozordagi holat, jumladan xizmat narxi va sifatiga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish xavfi mavjud..
“Shunga ko‘ra, joriy yil 4 dekabr kuni qo‘mita tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasiga asosan “YandexGO UB” MChJ yo‘lovchi tashish (taksi) uchun buyurtma joylashtirish va taksi xizmatlarini ko‘rsatishga imkon beruvchi vositachilik (agregator) xizmatlari bozorida ustun mavqega ega xo‘jalik yurituvchi sub’yekt deb e’tirof etildi.
Qo‘mita ushbu bozorda barcha ishtirokchilar tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni, insofsiz raqobat, iqtisodiy konsentratsiya, ustun mavqeini va ustun muzokara kuchini suiiste’mol qilish kabi harakatlarni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan tizimli ravishda monitoring olib boradi”, – deyiladi rasmiy axborotda.
Antimonopol organga ko‘ra, O‘zbekistondagi “Yandex Go” ilovasi orqali ko‘rsatilgan taksi xizmatlarining 2022 yildagi moliyaviy natijalari yuzasidan rasmiy statistik ma’lumotlar Ridetech International B.V. (Niderlandiya) kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.
Ma’lumot uchun, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi sub’yektning yoxud shaxslar guruhining bozordagi ulushi 40 foizni va undan ortiqni tashkil etsa, bu sub’yekt ushbu bozorda ustun mavqega ega deb hisoblanadi.
- Soliq qo‘mitasining talabiga ko‘ra, Yandex Go platformasining agregatorlik xizmatlari 1 dekabrdan boshlab O‘zbekiston hududida soliq rezidenti –“YandexGo UB” MChJ tomonidan taqdim etila boshlandi.
- Yandex Go 1 dekabrdan e’tiboran taksi va yetkazib berish xizmatlari uchun bank kartasi orqali to‘lov qilgan mijozlarga elektron chek berila boshlangani, ayni paytda naqd shaklda to‘lov qilinganida ham mijozga chek berish masalasi ko‘rib chiqilayotganini bildirdi.
- Yandex Go, shuningdek, soliq to‘lay boshlashi vaji bilan haydovchilardan undiradigan komissiyasi miqdorini oshirdi.
Mavzuga oid
16:06 / 08.11.2024
“Biologik faol qo‘shimchalar reklamalarida 328 ta qonunga zid holat aniqlandi” – Raqobatqo‘m
08:08 / 07.11.2024
Monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holat aniqlandi
14:25 / 29.10.2024
Davr bank jarimaga tortildi – Raqobat qo‘mitasi
14:06 / 26.10.2024