Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya KXDRning kiberhujumlariga qarshi kurashni kuchaytiradi
Shimoliy Koreyadan kelayotgan tahdidlarni bartaraf etish uchun yangi uch tomonlama tashabbus boshlandi. Gap kiberjinoyatchilik, pul yuvish va raketa sinovlariga qarshi kurashni kuchaytirish haqida bormoqda.
AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya Shimoliy Koreya tahdidlariga samaraliroq reaksiya bildirish uchun chora-tadbirlar paketini kelishib oldi. AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan shanba kuni Seulda jurnalistlarga: «Biz Shimoliy Koreya kiberjinoyati va pul yuvishidan tortib, kosmik sinovlari hamda ballistik raketalarni uchirishigacha bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun yangi uch tomonlama tashabbuslarni boshladik» dedi.
Sallivan uch davlat «Tayvan bo‘g‘ozining har ikki tomonida tinchlik va barqarorlik hamda Sharqiy Xitoy dengizi va Janubiy Xitoy dengizida navigatsiya erkinligini himoya qilishda» davom etishiga va’da berdi.
O‘z navbatida, Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati milliy xavfsizlik bo‘limi rahbari Cho Txe Yen qo‘shma matbuot anjumanida uch davlatning fikriga ko‘ra, Shimoliy Koreya «BMT Xavfsizlik kengashining yadrosizlanish va harbiy hamkorlikni taqiqlash bo‘yicha rezolyutsiyalariga muvofiq majburiyatlarni bajarishi kerak», dedi. Uch tomon bu majburiyatlarning qat’iy bajarilishini ta’minlash uchun hamkorlikni kuchaytiradi.
Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik
Seuldagi uchrashuvda Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik ham muhokama qilindi. «Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning chuqurlashib borayotgani Shimoliy Koreyaga joriy yil boshida ikki muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng, o‘tgan oy orbitaga harbiy josuslik sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirishga yordam bergan ko‘rinadi», dedi AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya milliy xavfsizlik maslahatchilari.
Ayni paytda, Shimoliy Koreya davlat OAV Pxenyan razvedka sun’iy yo‘ldoshlarini uchirishni davom ettirish niyatida ekanligini ma’lum qildi. «Kosmik tadqiqotlar o‘zini himoya qilish huquqining bir qismidir», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025