Jahon | 14:37 / 10.12.2023
25473
8 daqiqa o‘qiladi

Baxmut atrofida Rossiya hujumini qaytarayotgan ukrain tankchilari va artilleriyachilari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 654-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Finlandiya oliy sudi «Rusich» diversiya-shturm razvedka guruhi yetakchilaridan biri, Ukraina hududida harbiy jinoyatlar sodir etishda ayblangan Yan Petrovskiyni Ukrainaga ekstraditsiya qilishga rozi bo‘lmadi. O‘z navbatida, Finlandiya politsiyasi «Rusich»ning yana bir yetakchisi Voislav Tordenga qarshi dastlabki tekshiruv boshladi.
  • Kiyevda qizil armiya generali Nikolay Shchorsning haykali demontaj qilindi.
  • Oq uydagilar Ukrainani qo‘llab-quvvatlov to‘xtatilishi tufayli «amerikaliklar qoni bilan to‘lov qilishga to‘g‘ri kelishi mumkinligi»ni aytdi.
  • Oliy Rada komendantlik soatini buzganlik uchun jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.
  • The Wall Street Journal Ukraina 2025 yilda yirik qarshi hujum o‘tkazishi dargumon ekanini ma’lum qildi.
  • Kerchda gaz quvuri yonib ketdi. Bir necha o‘n ming kishi gazsiz qolgan.
  • Bayden ma’muriyati respublikachilar Ukrainaga yordamni bloklashini to‘xtatishi uchun immigratsiya siyosatini qat’iylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Baxmut frontidagi ukrain tankchilari

2023 yil mayidan buyon Baxmutni ozod etishga harakat qilib kelgan Ukraina qurolli kuchlarining bir necha brigadasi qishda mudofaaga o‘tdi. Rossiya qo‘shini ukrain guruhining zaiflashganidan foydalanmoqda (bu yerdan bir qancha bo‘linmalar Avdiyivka mudofaasi uchun olib o‘tilgan) va shahar shimolidan va janubidan qarshi hujumga o‘tgan. Ukraina QKning Baxmut atrofida qolgan bo‘linmalari shahardan shimoldagi Bogdanovka va janubdagi Kleshchiyevka hamda Andriyivka uchun og‘ir janglar olib bormoqda.

Ukrainaning T-64 tank Baxmut atrofidagi o‘t ochish pozitsiyasiga yo‘l olgan. Dron orqali olingan kadr
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Ukrainalik tankchi Baxmut frontdagi janglar vaqtida qo‘lini isitishga harakat qilmoqda. Harbiy harakatlar o‘n daraja sovuqda ham to‘xtatilmayapti.
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Ikki yillik yo‘qotishlar va g‘arbdan yuzlab zirhli mashinalar yetkazib berilishidan keyin ham Xarkiv mashinasozlik byurosida ishlangan T-64 Ukraina qurolli kuchlarining asosiy tanki bo‘lib qolmoqda
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Ukrainalik harbiylar Baxmut atrofidagi o‘rmonzorda T-64 tankini panalashga urinmoqda. Suratda kamikadze dronlar zarbasidan asrovchi to‘rni ko‘rish mumkin. Urushayotgan ikki armiya ham tanklarini front chizig‘idan ichkariga joylashtirib, ulardan o‘ziyurar artilleriya quroli sifatida foydalanishga majbur bo‘lmoqda — aks holda ular raqibning artilleriyasi va dronlari uchun oson o‘ljaga aylanadi.
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Baxmut frontidagi blindajda archa bezatgan ukrainalik harbiylar
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images

Baxmut atrofidagi ukrain artilleriyachilari

Ukrainaning 22-mexanizatsiyalashgan brigadasi jangchilari Baxmut atrofidagi pozitsiyada
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina QK jangchisi snaryadga yozmoqda
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA

Ukraina QKning Donetsk oblastidagi front hospitali

Ukrainaning 80-desant-shturm brigadasining yengil jarohat olgan va kontuziyaga uchragan harbiylari Donetsk oblastidagi dala hospitalida. Brigada Baxmut janubidagi janglarda qatnashmoqda.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Yaradorlarning ko‘p qismi davolanib, o‘z bo‘linmasiga qaytadi
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
80-brigadaning oyog‘idan jarohatlangan desantchisi
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Kiyevda Shchorsning haykali buzilishi

Kiyev hukumati Fuqarolar urushida bolsheviklar tomonida turib jang qilgan Nikolay Shchorsning haykalini buzib tashlashga qaror qildi
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
1919 yilda Kiyev Ukraina xalq respublikasi bilan janglardan keyin egallanganida, Shchors shahar komendanti bo‘lgan
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv va Pavlograd o‘qqa tutilishi oqibatlari

8 dekabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Xarkiv bo‘ylab oltita raketa bilan zarba yo‘lladi. Region ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, hujum S-300 kompleksi orqali yo‘llangan. Zarbalar oqibatida ikki kishi yaralangan: 36 yoshli ayolga voqea joyida yordam ko‘rsatlgan, 25 yoshli erkakni shifoxonaga joylashtirishga to‘g‘ri kelgan. Turar joy, o‘quv muassasasi binosi, bolalar maydonchasi va 20 ga yaqin avtomobil shikastlangan, deya yozgan Sinegubov va gap faqat «fuqarolik obektlari» haqida ketayotganini qo‘shimcha qilgan.

Shuningdek, Dnipropetrovsk oblasti ham yoppasiga o‘qqa tutilgan, bu haqda mahalliy ma’muriyat rahbari Sergey Lisak xabar bergan. «Pavlograd, Ternivka va Yurevskda vayrongarchiliklar bor. Sanoat korxonasi shikastlangan. 16 ta xususiy uy va 5 ta hovli shikastlangan. Cherkovga zarba berilgan. Avtolarni urishgan», — deya yozgan Lisak telegram-kanalida. Raketa zarbasi oqibatida Pavlogradda sakkiz kishi jarohatlangan — 32 yoshdan 66 yoshgacha bo‘lgan erkaklar. Jabrlanuvchilarning olti nafari shifoxonaga yotqizilgan, ulardan ikki nafari — og‘ir ahvolda. 

Xarkivga tungi zarba berilgan joyda snaryaddan hosil bo‘lgan o‘ra. 2023 yil 8 dekabr
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Xarkivda portlash vaqtida to‘kilib tushgan oyna o‘rnidan qarayotgan ayol
Pavlo Pakhomenko / NurPhoto / Shutterstock / Vida Press
Xarkiv aholisi vakili rossiyaliklar hujumi oqibatida shikastlangan avtomobilini ko‘zdan kechirmoqda
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Pavlodardagi uy hovlisida rossiyaliklar zarbasidan hosil bo‘lgan o‘ra. 2023 yil 8 dekabr
Mykhailo Moskalenko / Reuters / Scanpix / LETA

Avdiyivka, Donetsk oblasti

Avdiyivka shahri Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Donetsk shahridan 15 kilometr masofada joylashgan. 2014 yilda Avdiyivka bir necha oy muddatga ayirmachilar qo‘liga o‘tadi, ammo Ukraina qurolli kuchlari o‘sha yilning o‘zidayoq shaharni qaytarib oladi. Shundan buyon shahar uchun janglar davom etmoqda, u doimo zarbalar ostida qoladi. Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan keyin Avdiyivka urushdagi qaynoq nuqtalardan biriga aylandi. Oktyabr oyi o‘rtalarida Rossiya armiyasi shahar uchun janglarni qaytadan faollashtirdi. Bu 2014 yildan buyon eng yirik ko‘lamdagi hujum bo‘lmoqda.

Avdiyivkaning dron orqali olingan panorama tasviri. 2023 yil 7 dekabr
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Ukrain harbiylari rossiyaliklar pozitsiyalarini minomyotdan o‘qqa tutmoqda. 2023 yil 7 dekabr
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Ukraina QK harbiy xizmatchilari Avdiyivkada patrullik qilmoqda
Marek M. Berezowski / Anadolu / ddp / Vida Press
BMP gusenitsasini ta’mirlayotgan ukrain harbiylari
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Okop qaziyotgan ukrain harbiylari
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Ukrainalik jangchi Avdiyivkadagi kafeda
Marek M. Berezowski / Anadolu / ddp / Vida Press

Mavzuga oid