Oltin va kumush arzonlashdi, Bitcoin narxi esa o‘sishda davom etmoqda - xalqaro moliya bozori sharhi
Yil boshidan beri so‘m dollarga nisbatan qadrini 9,45 foizga yo‘qotdi. Bitcoin narxi o‘sishda davom etmoqda va bu ko‘rsatkich yil boshidan beri 167 foizga yetdi. Oktyabr oyining boshidan beri neft narxi pasaymoqda.
Markaziy banklar tomonidan Quantitative tightening (Miqdoriy qisqarish) siyosati faol olib borilishi natijasida pandemiya tufayli iqtisodiyotda yo‘qolgan muvozanat qayta tiklana boshladi. So‘nggi haftada e’lon qilingan AQShning muhim makroiqtisodiy ma’lumotlarida, noyabr oyida ishsizlik darajasi – 3,7 foizni tashkil etgani, shuningdek, 199 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgani keltirib o‘tilgan. Bozor ishtirokchilari AQShdagi foiz stavkalari eng yuqori cho‘qqisiga yetgan va FZT uni boshqa ko‘tarmasligiga ishonishmoqda, ammo kuchli mehnat bozori FZTga foiz stavkasini yana bir bor 0,25 foizga ko‘tarishga imkoniyat berishi mumkin.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 4 dekabrdan 8 dekabrgacha bo‘lgan davrda xalqaro bozorlarda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.
AQSh top fond bozorlari indeksi:
- S&P500: +0,21 foiz (yil boshidan +19,51 foiz);
- NASDAQ: +0,54 foiz (yil boshidan +45,7 foiz);
- DJI: +0,01 foiz (yil boshidan +9,34 foiz).
Hafta davomida AQSh fond bozorining uch indeksida ham flet zonada savdo qilindi. Umuman olganda S&P500 10 punkt, NASDAQ 87 punkt, DJI 10 punktga o‘sdi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin: -3,26 foiz (yil boshidan +9,87 foiz);
- Kumush: -9,71 foiz (yil boshidan -4,04 foiz);
- Alyuminiy: -3,05 foiz (yil boshidan -10,75 foiz);
- Mis: -2,13 foiz (yil boshidan -0,04 foiz).
Qimmatbaho metallar narxi pasaydi. Xususan, oltin haftaning birinchi kunida tarixiy maksimumni yangilab, spot narxi deyarli 2150 dollarga chiqqanidan so‘ng, birdaniga tushib ketdi. Hafta mobaynida oltin 68 dollarga, kumush 2,5 dollarga, alyuminiy 67 dollarga va mis 0.08 dollarga arzonlashdi.
Neft
- WTI: -4,23 foiz (yil boshidan -11,58 foiz);
- BRENT: -4,12 foiz (yil boshidan -11,63 foiz).
Neft narxi oktyabr oyining boshidan beri pastlab kelmoqda. Hisobot haftasida neftning WTI markasi 3,15 dollarga, BRENT esa 3,26 dollarga pasaydi.
Valutalar
- EUR/USD: -1,12 foiz (yil boshidan +0,54 foiz);
- USD/CNY: +0,36 foiz (yil boshidan +3,87 foiz);
- USD/TRY: -0,11 foiz (yil boshidan +54,42 foiz);
- USD/UZS: +0,08 foiz (yil boshidan +9,45 foiz);
- RUB/USD: +1,03 foiz (yil boshidan +27,01 foiz).
Hafta davomida AQSh dollarining o‘sishi tufayli valuta paralari korreksiya hosil qildi. Hafta mobaynida EUR/USD -1,12 foiz va USD/RUB +1.03 foiz, Osiyo mintaqasiga oid valutalar, shu jumladan USD/CNY , USD/TRY va USD/UZS’lar mos ravishda +0.36 foiz, -0.11 foiz va +0.08 foizga o‘zgardi.
Kriptovaluta
- Bitcoin: +10,53 foiz (yil boshidan +167,02 foiz);
- Ethereum: +7,78 foiz (yil boshidan +97,29 foiz).
Bozorlar bir zumda
AQSh Markaziy Banki tomonidan foiz stavkalarining faol va shiddatli tarzda ko‘tarilishi oqibatida iqtisodiy sekinlashish yuzaga keldi. Ammo pandemiya tufayli yuzaga kelgan tarixdagi eng yuqori inflatsiya ko‘rsatkichi FZT raisini shu uslubni qo‘llashga majbur qildi. 2 yil mobaynida faol ko‘tarib kelingan foiz stavkasi inflatsiya darajasini 9,1 foizdan 3,2 foizga tushirishga imkon berdi. Jyerom Pauell har majlisda FZT maqsad qilingan 2 foiz inflatsiya ko‘rsatkichiga erishish uchun barcha choralarni ko‘rishi to‘g‘risida aytib keladi va so‘nggi chiqishlarida Markaziy Bank 2 foizlik ko‘rsatkichga juda ham yaqinligini ta’kidladi.
Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 4 dekabrdan 8 dekabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.
Mavzuga oid
10:50 / 24.11.2024
Bitcoin 100 ming dollarlik marraga yaqinlashdi, oltin ham qimmatlashdi – xalqaro moliya bozori sharhi
11:40 / 10.11.2024
Oltin va kumush arzonlashdi, Bitcoin narxi keskin oshdi - xalqaro moliya bozori sharhi
13:38 / 03.11.2024
Dollar indeksida tebranuvchanlik, Bitcoin narxi qimmatlashdi - xalqaro moliya bozori sharhi
12:09 / 25.08.2024