Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Mahsa Aminiyning oilasiga Saxarov mukofotini olishga ruxsat bermadi
Mahsa Aminiyning ota-onasi va ukasi o‘limidan so‘ng unga berilgan Saxarov nomidagi Yevropa parlamenti mukofotini olish uchun Erondan chiqarilmayapti. Yevroparlament rahbari Roberta Metsola Tehronni bu qarorni bekor qilishga chaqirdi.
Tehron rasmiylari o‘limidan so‘ng Yevroparlamentning fikr erkinligi uchun Andrey Saxarov mukofoti bilan taqdirlangan eronlik kurd qiz Mahsa Aminiyning qarindoshlariga mukofotni olish uchun Eronni tark etishiga ruxsat bermayapti. 9 dekabr kuni Fransiyadagi oilaning advokati Shirin Ardakani AFP agentligiga Aminiyning ota-onasi va ukasiga «Saxarov mukofotini olish uchun Fransiyaga olib borishi kerak bo‘lgan samolyotga chiqishiga ruxsat berilmadi», dedi.
Unga ko‘ra, oilaning amaldagi vizasiga bo‘lishiga qaramay, Erondan chiqib ketish taqiqlangan, pasportlari olib qo‘yilgan. Endi mukofotni oila nomidan Parijda bo‘lgan advokat Saleh Nikbaxt qabul qiladi.
Yevroparlament rahbari Roberta Metsola Tehronni «Mahsa Aminiyning onasi, otasi va ukasiga safar qilishni taqiqlash qaroridan voz kechishga» chaqirdi. Metsola X mikrobloglar xizmatida ular seshanba kuni Strasburgda «Erondan kelgan jasur ayollar bilan birga Saxarov mukofotini olishlari» kerakligi haqida yozdi. «Haqiqatni yashirib bo‘lmaydi», deb ta’kidladi Roberta Metsola.
Mahsa Aminiy vafotidan keyin ommaviy norozilik namoyishlari
Mahsa Aminiy 2022 yil 16 sentabrda bosh kiyimni noto‘g‘ri o‘rashda ayblanib, axloq politsiyasi tomonidan qo‘lga olinganidan so‘ng vafot etdi. Uning oilasi Mahsa politsiya zo‘ravonligi tufayli vafot etganini da’vo qilmoqda. Tehron rasmiylari buni rad etadi.
Aminiyning o‘limi butun Eronda «Ayol, hayot, ozodlik!» shiori ostida ommaviy norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi. Ular ko‘p oy davom etdi. Nohukumat tashkilotlarga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida 550 dan ortiq namoyishchi halok bo‘lgan, yetti kishi qatl etilgan.
Saxarov nomidagi Yevroparlament mukofoti
«Fikr erkinligi» mukofoti sovet fizigi va huquq himoyachisi Andrey Saxarov nomi bilan atalgan bo‘lib, Yevropa parlamenti tomonidan 1988 yilda ta’sis etilgan. U inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilishda o‘zini ko‘rsatgan shaxslar yoki jamoat tashkilotlariga beriladi. Mukofot miqdori 50 ming yevroni tashkil qiladi.
2022 yilda ukrain xalqi mukofot bilan taqdirlandi. 2021 yilda mukofotni o‘sha paytda qamoqda bo‘lgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy, bir yil oldin - Belarus muxolifati va 2018 yilda - o‘sha paytda Rossiyadagi qamoqxonada ushlab turilgan ukrainalik rejissyor Oleg Sensov olgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025