O‘zbekiston | 14:40 / 11.12.2023
13985
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda jinoyat sodir etganlikda gumonlanib yana 4 kishi ushlandi

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik), 168-moddasi 4-qismi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida qator shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.

IIBB xabariga ko‘ra, ular quyidagilar:

1980 yilda tug‘ilgan Bunyod Normirzayev (Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);

1991 yilda tug‘ilgan Sanjar Hotamov (Jinoyat kodeksi 165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);

1964 yilda tug‘ilgan Shukurali Qurbonov (Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi, juda ko‘p miqdorda firibgarlik);

1971 yilda tug‘ilgan Ramzes Shukurov (Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi, juda ko‘p miqdorda giyohvandlik vositasini o‘tkazish).

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

"Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi", deyiladi IIBB xabarida.

Mavzuga oid