Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Fanlar akademiyasi hozir oyoqqa turib olgan payt” – akademiya rahbari ilm-fanga berilgan imtiyozlar haqida gapirdi
Ilm-fanga yo‘naltiriladigan mablag‘larning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2025 yilgacha 6 marta, 2030 yilgacha esa 10 marta oshirish reja qilingan. Bu haqda O‘zFA tashkil topishining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ma’lum qilindi.
2023 yil O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil topganiga 80 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan 12 dekabr kuni Toshkentdagi anjumanlar saroyida dunyoning 10dan ortiq fanlar akademiyasi prezidentlari va xalqaro miqyosdagi olimlar ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zFAga yo‘llagan tabrigini uning matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘qib eshittirdi. “Sizlarning misolingizda bamisoli igna bilan quduq qazib, tadqiqot va ishlanmalar yaratayotgan yangi O‘zbekistonning ilmiy, intellektual salohiyatini yuksaltirib kelayotgan mana shunday fidoyi insonlarni ko‘raman. 80 yil davomida qutlug‘ va sharafli yo‘lni bosib o‘tgan O‘zFA yuzlab akademik va atoqli olimlarni tarbiyalab, ilm-fan sohasida nufuzli ilmiy maktablar yaratishda katta hissa qo‘shdi”, – degan prezident.

Mirziyoyev nutqida Fanlar akademiyasi a’zolarining ijtimoiy holatini yaxshilash bo‘yicha qilingan ishlar haqida ham ma’lumot berilib, akademiyada faoliyat ko‘rsatayotgan tadqiqotchilarga imtiyozli asosda kvartiralar, oilali yosh doktorantlar bepul uy-joylar bilan ta’minlangani aytib o‘tildi.

Ma’lum qilinishicha, ilm-fanga yo‘naltiriladigan mablag‘larning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2025 yilgacha 6 marta, 2030 yilgacha esa 10 marta oshirish reja qilingan.
O‘zFA prezidenti Behzod Yo‘ldoshev akademiyaning 80 yillik faoliyati davomida erishgan yutuqlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishicha, 1943 yilda tashkil qilingan akademiyaning 2-hayoti 2017 yildan keyin boshlangan.
“Shu yillar ichida astronomiya sohasida yangi yulduz ochildi, yangi uslublarni yo‘lga qo‘ydik. Yangi uslublar juda katta narsa, ular juda ko‘p kashfiyotlarning asosi bo‘la oladi”, – dedi u.
Bundan tashqari, Yo‘ldoshev oxirgi 5-6 yil ichida akademiyada yosh tadqiqotchilar ko‘paygani, hatto ayrim institutlarda 1ta o‘ringa 12 nafargacha nozmod to‘g‘ri kelganini aytdi.
“Fanlar akademiyasi hozir oyoqqa turib oldi, buni davom ettirishimiz kerak”, – dedi akademiya prezidenti.





Mavzuga oid
12:21 / 02.04.2025
Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari joriy etiladi
17:32 / 04.03.2025
Eksklyuziv huquq berilgan sub’yektlar ro‘yxati ochiqlanadi
18:49 / 03.03.2025
Ayrim xorijiy so‘zlarni o‘zbekcha muqobiliga almashtirish taklif etildi
22:24 / 01.02.2025