Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik bolalar «Mangu olov»ni o‘chirib qo‘ydi. Endi ularni oilasi bilan deportatsiya qilishmoqchi
Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ikki migrantlar oilasi ularning bolalari «Mangu olov»ni qor bilan o‘chirgani uchun deportatsiya qilinishi mumkin. Politsiya xabariga ko‘ra, bu oilalarning Rossiyada yashash va ishlash uchun hujjatlari joyida bo‘lmagan.
Sankt-Peterburgdagi Krasnoye Selo shahrida uch nafar bola «Mangu olov»ni qor bilan o‘chirib qo‘ydi. «Fontanka» nashri xabar berishicha, endi ular va ularning oilalari Rossiyadan chiqarib yuborilishi xavfi yuzaga kelgan.
Hodisa 10 dekabr kuni kechqurun ro‘y bergan. Nashr e’lon qilgan videoyozuvda bolalardan biri «Mangu olov» ustiga hovuchlab qor tashlagani, yana ikki nafari esa uni gijgijlab turganini ko‘rish mumkin.
Politsiya bolalarning shaxsiga aniqlik kiritgan — ular 10 va 14 yoshli aka-ukalar, shuningdek yana bir 12 yoshli bola bo‘lgan. Politsiyadagilar bolalar va ularning ota-onalari «yaqin xorijiy davlatlardan birining fuqarolari» bo‘lib chiqqanini ma’lum qilgan. Baza manbasi esa bu mamlakat — O‘zbekistonligini bildirgan.
Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg bo‘yicha bosh boshqarmasi 11 dekabr kuni bolalarning oilasi kerakli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan Rossiya hududida bo‘lib turganini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan politsiya ularni mamlakatdan chiqarib yuborish uchun sudga murojaat qilmoqchi.
- Rossiyaning turli shaharlarida politsiya muntazam ravishda «Mangu olov»ga nisbatan qandaydir harakatlarni sodir etgan odamlarni hibsga oladi. Odatda ularga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida protokollar tuziladi, ammo jinoiy ishlar ham uchrab turadi — bunday ishlar dafn joylarini tahqirlash yoki natsizmni oqlash haqidagi moddalar bo‘yicha qo‘zg‘atiladi.
Mavzuga oid
15:12 / 26.05.2025
1 sentabrdan Moskva va Moskva viloyatidagi migrantlar geolokatsiya bo‘yicha kuzatib boriladi
09:39 / 25.05.2025
AQSh bilan viza muzokarasi, Rossiyaning talablari va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
22:47 / 20.05.2025
Rossiya fuqaroligini olgan 20 ming chet ellik Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda - Bastrikin
22:06 / 20.05.2025