Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddan Yevropa shaharlariga havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
2024 yilda Samarqanddan Turkiya, Vetnam, Malayziya, Indoneziya, Xitoy, shuningdek, Yevropa shaharlariga muntazam va charter havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Yevropaning ommabop Euronews telekanali veb-saytida O‘zbekistonda xususiy aviatsiyani rivojlanishiga bag‘ishlangan tahliliy maqola e’lon qilindi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, nashrda yangi aviakompaniya Samarqandga chet ellik mehmonlarni yanada ko‘proq jalb qilishga yordam berishi ta’kidlangan.
Maqolada keyingi 12 oy ichida Air Samarkand Samarqanddan bir qator yo‘nalishlarga charter va rejali reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani qayd etilgan. Jumladan, kelgusi yil boshida Turkiya, Vetnam, Malayziya, Indoneziya va Xitoy shaharlariga parvozlar boshlanadi va ularga Yevropa shaharlari ham qo‘shiladi.
Maqola xulosasida: «zamonaviy aeroport, sayyohlik majmuasi qurilishi va yangi aviakompaniyalarning ishga tushirilishi Samarqand shahrining dunyo sayyohlik xaritasidan munosib o‘rin egallashiga mustahkam poydevor yaratyapti», deb yozgan Euronews.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025