Jahon | 08:03 / 13.12.2023
8248
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh razvedkasi: urushda 315 ming rossiyalik halok bo‘ldi va jarohat oldi

Rossiyaning Ukraina bilan urushdagi yo‘qotishlari halok bo‘lgan va jarohat olgan 315 ming kishini tashkil etadi, deb xabar qilmoqda Reuters hamda CNN AQSh razvedka ma’lumotlariga tayanib.

Foto: Reuters

Rossiyaning Ukraina bilan urushdagi yo‘qotishlari halok bo‘lgan va jarohat olgan 315 ming kishini tashkil etadi. Bu haqda Reuters hamda CNN 12 dekabr, seshanba kuni Amerika razvedka xizmatlarining maxfiy ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Razvedka ma’lumotlari bilan tanish bo‘lgan nashr manbalarining ta’kidlashicha, Rossiya qurolli kuchlarining shaxsiy tarkib va zirhli texnikadagi yo‘qotishlari «mamlakatning harbiy modernizatsiyasini 18 yilga orqaga surdi».

Rossiya Avdiyivka yaqinidagi hujum paytida jiddiy yo‘qotishlarga duch keldi

Amerika razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaga qarshi urush boshlanganda Rossiya armiyasida 3500 ta tank bo‘lgan, shundan 2200 tasi yo‘q qilingan. Bundan tashqari, 13600 ta piyoda jangovar mashina va bronetransportyordan 4400 tasi yo‘q qilingan, bu ularning 32 foizini tashkil etadi.

Shu kuni AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili Edriyenn Uotson 2023 yil oktyabr-noyabr oylarida Rossiya armiyasida Avdiyivka yaqinidagi hujum chog‘ida 13 ming kishi halok bo‘lgan va yaralangani, 220 dan ortiq zirhli texnika yo‘qotilganini ma’lum qildi. Rossiya va Ukraina urushdagi yo‘qotishlari haqida rasmiy ma’lumot bermayapti.

Mavzuga oid