Namanganda 98 ta jarimani to‘lamay yurgan Tracker haydovchisi ushlandi
Haydovchining to‘lanmagan ma’muriy jarimalar bo‘yicha qarzdorligi 36 million so‘mdan oshgan. MIB o‘tkazgan tadbirlarda Tracker vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq jarimalarini to‘lamayotgan haydovchilarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
MIB matbuot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, kuni kecha o‘tkazilgan tadbirda 98 ta jarimasi bor Chevrolet Tracker avtomobili vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur avtotransport haydovchisi jarimalarni 60 kun ichida to‘lamagan, shundan so‘ng, hujjatlar Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
“Davlat ijrochisi tomonidan haydovchiga qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan ogohlantirilgan, ya’ni uyali raqamlariga SMS yuborilgan. Bir necha marotaba gaplashilgan ham. Lekin haydovchi qarzdorlikni to‘lash o‘rniga mashinasini haydab yurgan. “Buzoqning yugurgani somonxonagacha” deganlaridek, kuni kecha Toshkent shahrida to‘xtatilib, maxsus planshet orqali ko‘rilganda jarima to‘lanmagani ma’lum bo‘ldi”, — deyiladi MIB taqdim qilgan ma’lumotda.
Umumiy qarzdorligi 36,3 million so‘mni tashkil qilgan Chevrolet Tracker vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Avvalroq, yil davomida yo‘l qoidalarini buzib, jarimani o‘z vaqtida to‘lamagan shaxslarga tegishli 14,6 mingdan ortiq avtomobillar jarima maydonlariga joylashtirilgani xabar berilgan edi. Bular qatorida, Toshkentda 128 ta ma’muriy jarimani to‘lamay yurgan Malibu haydovchisi qo‘lga tushgan.
Mavzuga oid
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
20:43 / 14.11.2024
Yevrokomissiya Meta’ni qariyb 800 mln yevro jarimaga tortdi
22:25 / 12.11.2024