Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida aviaqatnovlar soni haftasiga 70 taga yetkaziladi
Bu O‘zbekistondan Haj va Umra tadbiriga boradigan ziyoratchilar, shuningdek, «Umra plyus» dasturi orqali O‘zbekistonga ziyorat turizmi uchun keladigan xorijiy sayyohlarga keng imkoniyatlar yaratishi ta’kidlanmoqda.
Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkilotining (ICAO) «ICAN–2023» tadbiri doirasida O‘zbekiston Transport vazirligi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni aviatsiya ma’muriyati bilan muzokara o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida aviaqatnovlar sonini haftasiga 70 taga yetkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Qayd qilinishicha, bu O‘zbekistondan Haj va Umra tadbiriga boradigan ziyoratchilar, shuningdek, «Umra plyus» dasturi orqali O‘zbekistonga ziyorat turizmi uchun keladigan xorijiy sayyohlarga keng imkoniyatlar yaratadi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Toshkentdan Saudiya Arabistoni shaharlariga haftasiga 14 ta, shuningdek, xalqaro aeroportga ega bo‘lgan O‘zbekiston shaharlaridan Saudiya Arabistoniga haftasiga 21 ta muntazam parvozni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ta’kidlanishicha, muntazam aviaqatnovlarning qariyb ikki yarim barobar oshirilishi charter parvozlari hamda tranzit parvozlar orqali Umra safariga boruvchilar guruhini shakllantirayotgan turoperatorlarga yordam berish, agentlar tomonidan yuzaga keltirilayotgan ayrim tartibsizliklarga barham berish, O‘zbekistonning barcha aeroportlarini Saudiya Arabistoni bilan bog‘lash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025