Zelenskiyning Amerikaga safari va front yaqinidagi jonivorlar hayoti. Urush suratlari
Ukrainada urushning 657-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Volodimir Zelenskiy amerikalik kongressmenlar bilan uchrashdi va Jo Bayden bilan muzokaralar o‘tkazdi. AQSh prezidenti Ukrainaga 200 million dollar miqdoridagi yangi harbiy yordam paketi ajratish to‘g‘risidagi farmonini imzolaganini aytdi. Endi bu mablag‘ kongress tomonidan ma’qullanishi kerak.
- Xelsinki Finlandiya fuqarolari vatanga qayta olishi uchun 14 dekabrdan Rossiya bilan chegaradagi Vaalimaa va Niirala nazorat-o‘tkazish punktlarini ochadi.
- Ukrainada «Kiyevstar» aloqa operatori faoliyatida yirik uzilish ro‘y berdi, bu esa butun mamlakat bo‘ylab infratuzilma muammolariga olib keldi. Kompaniya uzilishga Rossiya tomonidan hakerlik hujumi uyushtirilgani sabab bo‘lganini bildirgan. RF bu ma’lumotni tasdiqlamagan.
- NYT ma’lumotiga ko‘ra, AQSh va Ukraina 2024 yil uchun harbiy strategiya ishlab chiqmoqda. Vashington Kiyevga hozirgi pozitsiyalarda mustahkam o‘rnashish va kuchini oshirishni taklif etmoqda.
- AQSh Ekspobankka va «Megafon»ning sobiq bosh direktori Ivan Tavringa qarshi sanksiyalar qo‘lladi.
Zelenskiyning Vashingtonga tashrifi
Volodimir Zelenskiy 11 dekabr kuni Rossiyaga qarshi urushda Ukrainaga yordam ko‘rsatishda davom etishni so‘rash uchun kongress qarshisida chiqish qilish maqsadida ikki kunlik tashrif bilan Vashingtonga bordi. Birinchi kun u Pentagon rahbari Lloyd Ostin hamda Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Charlz Braun bilan uchrashuv o‘tkazdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda ular «global xavfsizlik uchun chaqiriqlar, frontdagi voqealar rivoji va Ukraina-Amerikaning mudofaa sohasidagi hamkorligi kelajagini muhokama qilishgan».
12 dekabr kuni ukrainlar yetakchisi bilan AQSh prezidenti Jo Bayden ham uchrashdi. U Ukrainaga 200 million dollar miqdoridagi harbiy yordam ajratish to‘g‘risidagi farmonini imzolaganini aytgan. Shuningdek, agar kongress yil oxiriga qadar qo‘shimcha moliyalashtirishni ma’qullamasa, bu Vladimir Putin uchun «eng katta Rojdestvo sovg‘asi» bo‘lishini qayd etgan.
Ukraina qurolli kuchlariga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirishga respublikachilar qarshi chiqishmoqda. Ular Bayden ma’muriyatidan boshqa masalalar, birinchi navbatda migratsiya siyosatini qat’iylashtirish va AQShnng janubiy chegaralari xavfsizligini ta’minlash masalasida yon berishni talab qilgan holda, kongressda tegishli qonun loyihasini qabul qilishmayapti. Oq uydagilar Kiyevga yordamni 2023 yil oxirigacha ma’qullash kerakligi, chunki oldin ajratilgan mablag‘lar deyarli tamom bo‘lganini aytishmoqda.
Orixivda uy jonivorlarini qutqarayotgan juftlik
61 yoshli Lyubov va 75 yoshli Yuriy — Zaporijjya oblastining Orixiv shahridagi (hozirda Rossiya yurishi davom etayotgan hududdan 13 kilometr masofada joylashgan) juftlik. Ular egalari front yoqasidagi shahardan evakuatsiya bo‘lgan va jonivorlarini o‘zi bilan olib keta olmagan odamlarning mushuk va itlariga g‘amxo‘rlik qilib kelmoqda.
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
Ukrain qo‘shini 12 dekabr kuni snaryadlar bilan Donetskni o‘qqa tutdi. DXRning Moskva tomonidan tayinlangan ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, zarbalar oqibatida turar joylar va Budennov rayonidagi yonilg‘i quyish shoxobchasi shikastlangan. Tinch aholi vakillaridan ikki kishi jabrlangan.
Kiyev o‘qqa tutilishi oqibatlari
11 dekabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Kiyev bo‘ylab navbatdagi raketa zarbalarini yo‘lladi. Shahar harbiy ma’muriyatiga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari barcha raketalarni urib tushirgan, parchalar poytaxtdagi ikki rayon hududiga qulagan. Darnitskiyda hali qurib bitirilmagan bino oldida besh metr chuqurlikdagi ulkan o‘ra hosil bo‘lgan, Goloseyevskiyda turar joy binosi tomi yonib ketgan. Kiyev meri Vitaliy Klichko tinch aholi vakillaridan to‘rt kishi jabrlangani haqida ma’lum qilgan.
Donetsk ostonasidagi ukrain piyodalari
Mavzuga oid
21:07 / 28.11.2024
Putin Ostonadagi chiqishida Zelenskiy ofisiga zarba berilishi mumkinligiga ishora qildi
18:30 / 28.11.2024
Tramp Ukraina bo‘yicha maxsus vakilini tanladi. U urushni qanday tugatishni taklif qiladi?
17:49 / 28.11.2024
Kiyevdagi qaror qabul qilish markazlari «Oreshnik»ning navbatdagi nishoni bo‘lishi mumkin - Putin
10:18 / 28.11.2024